Microsoft Word oz-oz urganib dono bolur lot ziyouz com doc


Download 0.74 Mb.
bet48/51
Sana05.01.2022
Hajmi0.74 Mb.
#233507
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51
Bog'liq
Shorasul Zunnun. Oz-oz o'rganib dono bo'lur

Muhammad ibn Ahmad (IX asr)— astronom. 865—866 yillarda Samarqandda astronomik kuzatishlar olib borgan.

Nasiriddin Tusiymashhur faylasuf, astronom va ilohiyot olimi (1273 yili vafot etgan).

Nizomiy Ganjaviy (1141 —1209)—ulug‘ ozarbayjon shoiri, asarlarini fors tilida ijod etgan. Sharqning ulug‘ shoirlari qatoridan joy olgan. «Xamsachilikni birinchi bo‘lib boshlab bergan. Uning gumanistik g‘oyalari undan keyingi ko‘p shoirlar ijodida davom ettiriladi.

Sabuktakin Abu Mansur Nosiriddin (tug‘ilgan yili noma’lum —997)— G’aznaviylar sulolasi asoschisi, Mahmud G’aznaviyning otasi.

Sa’diy — klassik fors-tojik shoiri va faylasufi. O’zining «Guliston» va «Bo‘ston» nomli asarlari bilan butun dunyoda shuhrat qozongan. Shu bilan birga lirik g‘azalnavislikda ham ustozdir. 1208 yili tug‘ilib, taxminan 1292 yili vafot etgan.

Sulton Mahmud G’aznaviy — Xuroson, hozirgi Afg‘oniston va Hindistonning shimoliy qismida hukmronlik qilgan g‘aznaviylar (977—1186) sulolasidan uchinchi hukmdor (998—1030).

Suqrot (Sokrat, mil. av. 470 (469)—399)— qadimgi yunon filosofi Sofistlarga qarshi kurashishni va yoshlarni tarbiyalashni targ‘ib qilgan.


Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling