Hajjoj Ibn Yusuf — arab lashkarboshilaridan, Iroq hokimi, 661—714 yillarda yashagan. Fors adabiyotida u zolim obrazida namoyon bo‘ladi. Ammo shu bilan birga u fasohatli so‘z qadriga yetgan.
Horun ar-Rashid (786—809)—arab xalifasi. Uning davrida hind, eron, grek tillaridan meditsina, matematika, astronomiya, mantiq va boshqa fanlarga oid kitoblar tarjima qilingan.
Hofiz Sheroziy — atoqli fors-tojik shoiri, 1320—1325 yillar orasida tug‘ilib 1389 yili vafot etgan.
Huvaydo — o‘zbek adabiyotining vakili. Asl nomi Xo‘janazar G’oyibnazar o‘g‘lidir. U Farg‘ona vodiysidagi Chimyonda dunyoga kelgan. 1780 yilda vafot etgan. Huvaydo dunyoqarashi ko‘p jihatdan juda murakkab va ziddiyatlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |