Microsoft Word oz-oz urganib dono bolur lot ziyouz com doc
Download 0.74 Mb.
|
Shorasul Zunnun. Oz-oz o'rganib dono bo'lur
ENG BUYUK ZAVQ
Xorun ar-Rashid o‘z vaziri Ja’far, yana o‘zining eng yaqin xizmatchisi bilan suhbatlashib o‘tirgandi. Gapdan gap chiqib Ja’far Xorundan: — Nimadan eng ko‘p zavqlanasiz?— deb so‘radi, Xorun ar-Rashid shunday javob berdi: — Men eng nafis kiyimlar kiydim, lazzatli ovqatlar yedim, eng nodir sharbatlar ichdim, endi bularning hech biri meni zavqlantira olmaydi. Umrim-ning shu davrida sof, toza havoda nafas olish, bir piyola ko‘m-ko‘k va muzdek suv ichish va bola-chaqalarimning atrofimda girdi-kapalak bo‘lib yurishlarini ko‘rish eng buyuk zavqimdir. Shundan keyin Xorun ham Ja’farga shunday savol berdi, Ja’far aytdi: — Marhamat qilib bergan bog‘ingizda umr kechirish men uchun eng buyuk zavqdir. Ja’farning javobini eshitgandan keyin Xorun ar-Rashid suhbatlashib o‘tirgan eng yaqin xizmatchisiga ham xuddi shunday savol qildi. Xizmatchisi aytdi — Mening oladigan zavqim sizlarnikidan tamom boshqachadir. Qanday zavq deysizmi? Mana eshiting, diqqat bilan quloq soling. Yetim-esirlarga, muhtoj-larga qo‘ldan kelguncha yordam berish, umuman, hammaga yaxshilik qilish men uchun eng buyuk zavqdir. Bu zavq xalq ko‘ngliga naqsh etilgan, shoirlar tomonidan maqtalgan, hammaga ma’qul va maqbul bo‘lgan eng buyuk zavqdir. Xorun ar-Rashid xizmatchining so‘zlarini eshitgach, o‘rnidan turib Ja’farga: — Bugungi suhbatimiz yetadi, ketaylik, bu xizmatchim haq so‘zlari bilan meni ham, seni ham mag‘lub etdi,—- dedi. OBRO’ Fazl nomli mo‘‘tabar bir odamning ikki yaqin odami bor edi. Birining oti Nazar, yana birining oti Soqib edi. Bir kun Fazlning huzurida Nazar bilan Soqib bir-birlari bilan hazillashdilar, askiyabozlikka kirishdilar, oxir hazillari zilga aylandi, har ikkisi qizishib bir-birini haqorat qilishga, urishishga kirishdilar. Nazar Soqibni ikki qo‘li bilan silkib edi, Soqibning do‘ppisi yerga tushdi. U bundan juda ham achchig‘landi. Fazl unga: — Nega juda ham g‘azablanding? Hazilkashlikda bunday ishlar juda ko‘p bo‘ladi. Do‘ppingning yerga tushishi bilan buncha achchig‘lanishing to‘g‘ri emas,— dedi. Soqib achchig‘ini bosolmay: — Nega achchig‘lanmayin? Sendek ulug‘ kishi huzurida do‘ppim yerga tushib ketib, obro‘yim to‘kildi,— degan edi, Fazl kulib: — Do‘ppingning yerga tushib ketishi uchun muncha g‘azablanishing o‘rinsiz. Mening qoshimda sening obro‘ying to‘kilganiga ko‘pgina vaqt bo‘ldi. Esingda bor-mi, bir kup menga: «Mening otim bir kechaning o‘zidayoq Marv shahridan Nishopur shahriga yetdi»—deb yolg‘on so‘zlagan eding, o‘sha kundan boshlab so‘zingga ishonmay qoldim. Obro‘ying to‘kildi. Endi obro‘ uchun talashmay qo‘ya qol, yolg‘onchida qanday obro‘ bo‘ladi?— dedi. Qit’a: To ilojing bor esa, yondirma yolg‘ondan chirog‘, Chunki yolg‘onning chirog‘i ichra yo‘qdir hech yog‘. Har zamoniki agar yolg‘ondan ursang, bir nafas, So‘ngra hargiz qilmagaysan obro‘yingdan so‘rog‘. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling