Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc
Download 5.06 Kb. Pdf ko'rish
|
payg\'ambarlar tarixi 1-kitob
www.ziyouz.com kutubxonasi
122 Umar ibn Xattob (r.a.) Payg‘ambar masjidlarini kengaytirish lozim bo‘lganda quruvchi ustaga shunday amr etgan edilar: «Masjidni avval qanday bo‘lsa, odamlar uchun xuddi shunday qurib bergin, devorlarni sariq, qizil ranglarga bo‘yamagin, namozxonlarni chalg‘itmasin!» Ibn Abbos (r.a.): «Masjidni yahudiylar va nasroniylar kanisalarini bezaganlaridek tillo bilan bezamanglar!» - deganlar. Bunday dabdababozlikdan qaytarishni musulmonlarga bo‘lgan hurmat deb qarashimiz kerak. Chunki, masjidlarning obod va go‘zalligi jamoatning ko‘pligi, ibodatni butunlay Allohga tavajjuh bilan qilinganligidadir. Muso (a.s.) qurgan «qubbatuz zamon» bani Isroil adashib yurgan Tiyh vodiysida edi. Shuning uchun bu qubba yahudiylarning ka’basi va qiblasi bo‘ldi. Bu ka’baning imomi Muso (a.s.) edilar. Qubba yonida qilinadigan qurbonliklarga esa Horun (a.s.) mutasaddi edilar. Horun (a.s.)ning vafotlaridan so‘ng, u kishining avlodlari qurbonlik marosimlarini hozirgi vaqtgacha boshqaradilar. Muso (a.s.)ning vafotlaridan keyin u kishining ishlari shogirdlari Yusha’ ibn Nunga qoldi. Yusha’ ibn Nun bani Isroil qavmini Baytul maqdisga olib kirdilar. Muso (a.s.) o‘rnatgan qubba Baytul maqdis yonidagi katta qoyatosh ustiga o‘rnatildi. Odamlar shu qubbaga qarab namoz o‘qirdilar. Qubba yo‘q bo‘lib ketganidan keyin uning poydevori bo‘lgan qoyatoshga qarab namoz o‘qish davom etdi va bani Isroil payg‘ambarlarining qiblasi shu qoyatosh bo‘lib qoldi. Hatto Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ham hijratdan avval shu qiblaga qarab namoz o‘qir edilar va o‘zlari bilan qibla orasiga Ka’bani qo‘yardilar. Madinaga hijrat qilganlaridan keyin namoz farz bo‘ldi va Rasululloh (s.a.v.) o‘n olti yoki o‘n yetti oy Baytul maqdisga qarab namoz o‘qidilar. Keyin asli Ibrohim (a.s.)ning qiblalari bo‘lgan Ka’ba Payg‘ambari miz (s.a.v.)ga va barcha musulmonlarga qibla qilib berildi. Muso (a.s.) Allohning amri bilan qurgan qubba va tobut haqida Qur’oni karimning «Baqara» surasida ishora bor: Download 5.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling