Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc


Baraka omonatdorlik va halollikdadir


Download 5.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet146/270
Sana13.09.2023
Hajmi5.06 Kb.
#1677332
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   270
Bog'liq
payg\'ambarlar tarixi 1-kitob

3. Baraka omonatdorlik va halollikdadir. Inson savdoda omonatdor va halol bo‘lishi qadimdanoq Alloh va 
payg‘ambarlar nazarida bo‘lib, insonlarni tavhidga, ibodatga chorlash bilan birga, o‘zaro muomala va 
munosabatlarda, nikoh-taloq, oldi-sotdi, qarz va omonat berish masalalarida rostgo‘ylik, halol, xiyonatdan 
saqlanuvchi bo‘lishga da’vat etganlar. Ijtimo‘iy munosabatni mustahkamlanishida, o‘zaro iqtisodiy aloqalarni 
yaxshi bo‘lishida savdodagi halollik, ikki tomonning bir-biriga ishonchi muhim ahamiyatga egadir. Shuning 
uchun, boshqa payg‘ambarlar kabi, Shu’ayb (a.s.) ham o‘z qavmlarida ommalashib ketgan xiyonatni: 
tarozidan, metrdan, mo‘ljalli o‘lchovdan, qaytimdan urib qoluvchi savdo ahliga ochiqdan-ochiq e’tiroz bildirdilar: 
 اﻮُﺼُﻘْﻨَﺗ ﻻَو ُﻩُﺮْﻴَﻏ ٍﻪَﻟِإ ْﻦِﻣ ْﻢُﻜَﻟ ﺎَﻣ َﻪﱠﻠﻟا اوُﺪُﺒْﻋا ِمْﻮَﻗ ﺎَﻳ َلﺎَﻗ ﺎًﺒْﻴَﻌُﺷ ْﻢُهﺎَﺧَأ َﻦَﻳْﺪَﻣ ﻰَﻟِإَو
َو ٍﺮْﻴَﺨِﺑ ْﻢُآاَرَأ ﻲِّﻧِإ َناَﺰﻴِﻤْﻟاَو َلﺎَﻴْﻜِﻤْﻟا
 ٍﻂﻴِﺤُﻣ ٍمْﻮَﻳ َباَﺬَﻋ ْﻢُﻜْﻴَﻠَﻋ ُفﺎَﺧَأ ﻲِّﻧِإ
)
٨٤
(
 ِمْﻮَﻗ ﺎَﻳَو
 ِضْرﻷا ﻲِﻓ اْﻮَﺜْﻌَﺗ ﻻَو ْﻢُهَءﺎَﻴْﺷَأ َسﺎﱠﻨﻟا اﻮُﺴَﺨْﺒَﺗ ﻻَو ِﻂْﺴِﻘْﻟﺎِﺑ َناَﺰﻴِﻤْﻟاَو َلﺎَﻴْﻜِﻤْﻟا اﻮُﻓْوَأ
 َﻦﻳِﺪِﺴْﻔُﻣ
)
٨٥
(
 


Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
74
«U dedi: «Ey qavmim! Allohga sig‘iningiz! Sizlar uchun Undan o‘zga iloh yo‘qdir. O’lchov va 
vazndan urib qolmangiz. Men sizlarni (hozircha) yaxshilikda ko‘rib turibman va men sizlarga (hammani) 
qamrab oluvchi kun (qiyomat)ning azobi (bo‘lishi)dan qo‘rqaman. Ey qavmim! O’lchov va vaznni adolat 
bilan to‘la beringiz! Odamlarning narsalarini urib qolmangiz va Yerda fasod ishlarni qilib, buzg‘unchilik 
qilmangiz!». (Hud,
 
84-85.)
 
Alloh taolo Qur’oni karimda ham musulmonlarni sudxo‘rlikdan qaytarish, ularga tijoratni halol qilib berish 
bilan birga, oldi-sotdi paytida xaridorning haqqini rioya qilishga buyuradi. 
Ba’zi tijorat ahllari tezroq va ko‘proq pul topish maqsadida ba’zan qalloblikka, ba’zan esa nopoklikka qo‘l 
urib boshqalarning cho‘ntagini qoqib olishga urinadilar va shu yo‘l bilan molu-dunyo orttiradilar. Bu xildagi 
tirikchilik musulmonchilik qonun-qoidalariga, insofga zid amal bo‘lib, Alloh taolo musulmonlarni bunday 
nopoklikdan saqlanishni buyurgan: 

Download 5.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling