Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc
َﻦﻴِﻠَﺳْﺮُﻤْﻟا َﻦِﻤَﻟ َﺲُﻧﻮُﻳ ﱠنِإَو
Download 5.06 Kb. Pdf ko'rish
|
payg\'ambarlar tarixi 1-kitob
َﻦﻴِﻠَﺳْﺮُﻤْﻟا َﻦِﻤَﻟ َﺲُﻧﻮُﻳ ﱠنِإَو
) ١٣٩ ( ِنﻮُﺤْﺸَﻤْﻟا ِﻚْﻠُﻔْﻟا ﻰَﻟِإ َﻖَﺑَأ ْذِإ ) ١٤٠ ( “Yunus ham albatta, payg‘ambarlardandir. Qaysiki (o‘z qavmidan g‘azablanib) to‘la yukli kemaga qarab qochgan edi”. (Vas-soffot, 139-140-bet.) U holda Yunus payg‘ambarni qavmiga yuborilgan va da’vat qilgandan keyin, ular unamagani uchun g‘azab qilgan va ulardan qochib ketayotganda nahang yutganligi tushuniladi. Bu fikrni Qur’oni karimning Yunus surasi, 98-oyati da aytilganidek, Yunusning qavmi tavba qilgani va imonga kelgani uchun, ularga hukm etilgan halokatdan najot topganligi ham tasdiqlaydi. Ba’zi olimlar esa, Alloh taoloning: «Zunnun-Yunusning g‘azablangan holda o‘z qishlog‘idan chiqib ketib, Bizni uning ziyoniga hukm qilmaydi, deb o‘ylagan paytini, so‘ng Biz uni baliq qorniga tashlaganimizdan so‘ng qorong‘u zulmatlarda turib: «Hech iloh yo‘q, magar o‘zing bordirsan, ey pok Parvardigor, darhaqiqat, men o‘z jonimga jabr qiluvchilardan bo‘lib qoldim», - deb nido qilgan paytini eslang» - degan oyati karimasini dalil qilishib: «Yunus (a.s.) qavmiga emas, Allohga g‘azab qilib, uning buyrug‘iga itoat qilmagani va uning amrini bajarishdan qochganligi uchun Alloh uni nahangga yutdirish bilan jazoladi. Jazodan keyin esa, qavmiga borib, ularni da’vat qilib va imonga kelishmasa ularni azob kutishini aytganida, ularning hammasi imonga kelishgan», - deydilar. Tarixi Tabariyda keltirilishicha, Shahr ibn Havshab shunday rivoyat qiladi: «Jabroil (a.s.) Yunus (a.s.)ning yonlariga kelib: «Naynavo ahliga borib, ularga tushishi yaqinlashib qolgan jazodan qo‘rqiting!» - deb buyurdilar. Yunus (a.s.): «Men biror minadigan hayvon topayin, keyin boraman» - dedilar. Jabroil (a.s.): «Ish shoshilinchroqdir» - dedilar. Yunus (a.s.): «Unday bo‘lsa tez yurar tuya topayin» - dedilar. Jabroil (a.s.): «Ish bundan ham shoshilinchroq» - dedilar. Yunus (a.s.)ning jahllari kelib, g‘azablandilar va kemaga borib o‘tirdilar. Kema oldinga ham, orqaga ham jilmay turib qoldi. Kemadagilar bir-birlari bilan kelishmovchilikka borishib, qur’a tashlashga kelishishdi va qur’a bo‘yicha Yunus (a.s.) suvga tashlandilar. Nahang Yunus (a.s.)ni yutib yubordi. Alloh tarafidan: «Ey nahang, biz senga Yunusni rizq qilib bermadik, balki seni unga qo‘rg‘on va masjid qilib qo‘ydik» - deb ovoz qilindi. Nahang Yunus (a.s.)ni qornida saqlaganicha dengizdan Dajla daryosiga chiqdi va u orqali Naynavoga olib borib tashladi».(Tarixi Tabariy, 1-j. 458-bet.) Ibn Abbosning aytishlariga qaraganda ham, Yunus (a.s.)ning qavmga payg‘ambar etib yuborilishlari nahang qornidan chiqqandan keyin bo‘lgan. Ikkinchi toifa olimlarning aytishlariga qaraganda, Yunusni nahang yutishi qavmga da’vatlaridan keyin sodir bo‘lgan. Ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qilinishicha, aytadilar: «Alloh taolo Yunus (a.s.)ni qavmiga payg‘ambar etib yubordi. Qavm Yunus keltirgan dinni qabul qilishdan bosh tortdi va Yunusning da’vatini inkor etdi. Alloh taolo Yunus (a.s.)ga vahiy tushirib: «Men qavmingizni falon kuni jazolayman va halok etaman» - dedi. Yunus (a.s.) qavmlariga Allohning azobi tushadigan kunni aytib, o‘zlari u yerdan chiqib ketdilar. Payg‘ambarning chiqib ketganini ko‘rgan qavm, ularga azobning kelishi aniq ekanligini bilib qolishdi va butun qishloq aholisi bir-birlarini ogohlantirib, qishloqni tashlab, yalang bir joyga chiqishdi va Allohga tavba-tazarru’ qilishib, imon keltirdilar. Alloh va’id qilgan halokat to‘xtatildi. Yunus (a.s.) esa o‘tgan-ketganlardan qavmlarining sog‘-salomat ekanliklarini, ulardan azob ko‘tarilganini eshitib, qattiq g‘azablandilar va dedilar: «Ey Alloh! Men qavmim oldiga kazzob bo‘lgan holimda hech qachon qaytmayman! O’zingni yuborgan vahiying bilan men qavmga azob tushadigan aniq kunni aytgan edim. Endi esa men yolg‘onchi bo‘ldim». Allohga shunday itob qilib, yuzlarida g‘azab ifodasini ko‘rsatganlari va Parvardigorga gustohlik qilganlari uchun nahang qornida azob chekdilar». (O’sha manba, 459-bet.) Yunus (a.s.) Allohning marhamati bilan o‘zlaridagi zaiflik bartaraf bo‘lgandan keyin, Alloh taolo yana vahiy yubordi va dedi: «Ey Yunus, o‘z shaharingga bor, o‘z qavming va qarindoshlaring huzuriga bor! Ularning barchasi imonga kelganlar va ularga imonlari naf etgan. Ular but va sanamlarga ibodat qilishdan qaytganlar. Ular hozirda sening qadringni bilib, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling