Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc


U (o‘g‘li) dedi: «Men suvdan saqlaydigan biror toqqa chiqib najot topaman»


Download 5.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet55/270
Sana13.09.2023
Hajmi5.06 Kb.
#1677332
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   270
Bog'liq
payg\'ambarlar tarixi 1-kitob

U (o‘g‘li) dedi: «Men suvdan saqlaydigan biror toqqa chiqib najot topaman», - deb qoyaga osildi. 
Ammo to‘lqin uni urib yiqitdi-da, o‘z qa’riga tortib ketdi. Bu voqeani ko‘rib Nuh (a.s.)ning yuraklari ezildi, 
farzandlariga achindilar, Allohga iltijo qilib: 
 َﻦﻴِﻤِآﺎَﺤْﻟا ُﻢَﻜْﺣَأ َﺖْﻧَأَو ﱡﻖَﺤْﻟا َكَﺪْﻋَو ﱠنِإَو ﻲِﻠْهَأ ْﻦِﻣ ﻲِﻨْﺑا ﱠنِإ ِّبَر َلﺎَﻘَﻓ ُﻪﱠﺑَر ٌحﻮُﻧ ىَدﺎَﻧَو
)
٤٥
(
 
«Nuh robbiga nido qilib dedi: «Ey Robbim, farzandim mening ahlimdan. Sening (oilamni saqlashga 
bergan) va’dang esa haq va Sen hukm qiluvchilarning eng donosi va (odili)san», - dedilar. Alloh 
subhanahu va taolo: 
 ﻲِّﻧِإ ٌﻢْﻠِﻋ ِﻪِﺑ َﻚَﻟ َﺲْﻴَﻟ ﺎَﻣ ﻲِﻨْﻟَﺄْﺴَﺗ ﻼَﻓ ٍﺢِﻟﺎَﺻ ُﺮْﻴَﻏ ٌﻞَﻤَﻋ ُﻪﱠﻧِإ َﻚِﻠْهَأ ْﻦِﻣ َﺲْﻴَﻟ ُﻪﱠﻧِإ ُحﻮُﻧ ﺎَﻳ َلﺎَﻗ
 َﻦﻴِﻠِهﺎَﺠْﻟا َﻦِﻣ َنﻮُﻜَﺗ ْنَأ َﻚُﻈِﻋَأ
)
٤٦
(
ﺎَﻗ
 ٌﻢْﻠِﻋ ِﻪِﺑ ﻲِﻟ َﺲْﻴَﻟ ﺎَﻣ َﻚَﻟَﺄْﺳَأ ْنَأ َﻚِﺑ ُذﻮُﻋَأ ﻲِّﻧِإ ِّبَر َل
 َﻦﻳِﺮِﺳﺎَﺨْﻟا َﻦِﻣ ْﻦُآَأ ﻲِﻨْﻤَﺣْﺮَﺗَو ﻲِﻟ ْﺮِﻔْﻐَﺗ ﻻِإَو
)
٤٧
(
 
«Ey Nuh, u sening ahling emas, u yomon ish qildi. Bas, Mendan o‘zing yaxshi bilmagan narsani 
so‘ramagin! Men senga johillardan bo‘lishingdan qaytarib nasihat qilaman».Nuh aytdi: «Robbim! Men 
Sendan o‘zim bilmagan narsani so‘rashimdan panoh tilayman. Agar meni kechirmasang va menga 
rahm qilmasang, albatta, ziyon ko‘ruvchilardan bo‘lurman».(Hud, 42-47.)
Allohning hukmi bajarilib, barcha insonlar va hayvonlar suvga g‘arq bo‘lib, Yer yuzi nopoklardan tozalandi. 
Nuhning kemasi 150 kun mobaynida suvda suzib, Arabiston yarim orolidagi Judiy tog‘ining ustida to‘xtadi.


Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
28
Qatoda (r.a.) rivoyat qiladilarki, Nuh va hamrohlari Rajab oyining o‘ninchi kunida kemaga minib, 150 kun 
suvda suzganlar va Al-Judiy tog‘i ustida yana bir oy turganlar, muharram oyining o‘ninchi kuni kemadan 
chiqish buyurilgan. Ibn Jarir Tabariyning rivoyatiga qaraganda, Nuh (a.s.) va hamrohlari shu kuni ro‘za 
tutishgan. 
Muhammad ibn Ishoq aytadi: «Alloh taolo To‘fonning to‘xtashini iroda qildi va Yer yuziga shamol yubordi. 
Uning kuchi bilan mavjlar to‘xtadi, buloqlar yopildi. To‘fon boshlangan vaqtdan yettinchi oyning o‘ninchi kunida 
kema Al-Judiy tog‘i ustida turib qoldi. O’ninchi oyda esa tog‘larning cho‘qqilari ko‘zga tashlana boshladi. 
Oradan yana qirq kun o‘tgandan keyin, Nuh (a.s.) kemaning tuynugini ochdilar va quruqlikni topish maqsadida 
qarg‘ani uchirib yubordilar. Qarg‘a qaytib kelmadi. Keyin Nuh (a.s.) kaptarni uchirdilar. Kaptar ham qo‘nish 
uchun joy topolmadi. Nuh (a.s.) kaftlarini yozib, qo‘llarini yuqoriga ko‘targan edilar, kaptar qaytib kelib unga 
qo‘ndi. 
Kemada yana yetti kun turdilar. Keyin yana kaptarni uchirdilar. Kaptar kun bo‘yi qaytib kelmasdan, kechki 
payt og‘zida zaytun daraxti bargini tishlagan holda keldi. Nuh (a.s.) suvning biroz kamayganini, Yer yuzi ochila 
boshlaganini bildilar. Yana yetti kundan so‘ng Nuh (a.s.) kaptarni ikkinchi marta uchirdilar. Kaptar qaytib 
kelmadi. Nuh (a.s.) bildilarki, Yerning yuzi to‘liq ochilgan. 
Yahudiylarning qo‘llaridagi Tavrotda yozilishicha, Alloh taolo To‘fon balosini yuborgandan to Nuh (a.s.) kaptarni 
ikkinchi bor uchirgan kunlarigacha bir yilu bir kun o‘tdi.(Tavrot, “Ibtido”. 3-bob, 13-bet.)
Ikkinchi yilning ikkinchi oyi yigirma oltinchi kechasida Alloh taolo Nuh (a.s.)ga shunday vahiy yubordi: (Ibn Kasir. 
Qisasul-anbiyo. Qohira. 71-bet.)

Download 5.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling