Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc
ْﻢُﻜَﻣَﺮْآَأ ﱠنِإ اﻮُﻓَرﺎَﻌَﺘِﻟ َﻞِﺋﺎَﺒَﻗَو ﺎًﺑﻮُﻌُﺷ ْﻢُآﺎَﻨْﻠَﻌَﺟَو ﻰَﺜْﻧُأَو ٍﺮَآَذ ْﻦِﻣ ْﻢُآﺎَﻨْﻘَﻠَﺧ ﺎﱠﻧِإ ُسﺎﱠﻨﻟا ﺎَﻬﱡﻳَأ ﺎَﻳ
Download 5.06 Kb. Pdf ko'rish
|
payg\'ambarlar tarixi 1-kitob
ْﻢُﻜَﻣَﺮْآَأ ﱠنِإ اﻮُﻓَرﺎَﻌَﺘِﻟ َﻞِﺋﺎَﺒَﻗَو ﺎًﺑﻮُﻌُﺷ ْﻢُآﺎَﻨْﻠَﻌَﺟَو ﻰَﺜْﻧُأَو ٍﺮَآَذ ْﻦِﻣ ْﻢُآﺎَﻨْﻘَﻠَﺧ ﺎﱠﻧِإ ُسﺎﱠﻨﻟا ﺎَﻬﱡﻳَأ ﺎَﻳ
ٌﺮﻴِﺒَﺧ ٌﻢﻴِﻠَﻋ َﻪﱠﻠﻟا ﱠنِإ ْﻢُآﺎَﻘْﺗَأ ِﻪﱠﻠﻟا َﺪْﻨِﻋ ) ١٣ ( «Ey insonlar, darhaqiqat, biz sizlarni bir erkak (Odam) va bir ayol (Havvo)dan yaratdik hamda bir- biringiz bilan tanishishingiz (do‘st-birodar bo‘lishingiz) uchun sizlarni turli-tuman xalqlar va qabila-elatlar qilib qo‘ydik. Albatta, Alloh bilguvchi va ogohdir» . (Hujurot, 13) Qur’oni karimda Odamning qachon yaratilganligi aytilmagan, ammo Odamning yaratilishi va Odam qissasi turli shakllarda tushuntirib berilgan. Mufassir olimlarning fikrlaricha, ﺎَﻬﱠﻠُآ َءﺎَﻤْﺳﻷا َمَدﺁ َﻢﱠﻠَﻋَو «Alloh taolo Odamga barcha narsalarning ismlarini o‘rgatdi», (Baqara, 31.) oyati karimasida insonga berilgan ilmning hududsiz ekanligiga ishora bor. Odam farzandi, ya’ni inson tajriba orqali hamma narsani tushunish va bilish quvvati bilan butun borliqlarga hokim bo‘lish uchun yaratilgan. Bu oyatda inson bilim darajasining farishtalarnikidan anchayin ustun ekanligi ko‘rsatilmoqda. Ammo inson bir ondayoq yaratilmagan, unga dastlab tuproqdan shakl berilgandan keyin ma’lum vaqt mobaynida tarbiya berilib, so‘nggi holatiga keltirilgan. Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) www.ziyouz.com kutubxonasi 5 Farishtalarning Odamga sajdasi ibodat emas, Allohning buyrug‘iga itoat, Odamga bo‘lgan hurmat, inson zotiga berilgan yuksak bahodir. Chunki, Allohdan boshqaga ibodat sajdasi qilinmaydi. Ilm bilan sharaflantirilgan inson shu tariqa farishtalardan ham yuqori mavqe’ga ega bo‘ldi. Ba’zi islom olimlari: «Qur’ondagi «Odam» umuman «Inson»ni tamsil etadi. Qur’oni karim bir necha oyatlar bilan insonning tuproqdan yaratilganligini xabar beradi. Odam bizning otamizdir. «Odam hikoyasi» faqatgina insonlarning otasi bo‘lmish birinchi payg‘ambar Hazrati Odamninggina emas, har bir insonning hikoyasidir. Qur’onning bildirishicha, Odamning Yer yuziga bir xalifa qilib yuborilishi insonning butun tabi’at quvvatlariga hokim bo‘lishiga ishoradir», - deydilar. Tadqiqotlarga qaraganda, insonlar dastlab dunyoning eng katta parchasi bo‘lmish Osiyo qit’asida yashaganlar. Keyinchalik bu yerdan boshqa qit’alarga tarqalib ketganlar. Shu sababdan Osiyo insonlarning ilk tavallud topgan joyi, ilk madaniyat, ilk din chiqqan hudud hisoblanadi. Insonlarning dastlabki hayoti, ularning yashash tarzi haqida arxeologlar va tarixchilar shunday fikr bildiradilar: «Insonlar avval vahshiy bo‘lishgan, keyinchalik darajama-daraja yuksalib, bugungi madaniy saviyaga yetishgan. Dastlab chaqmoq toshdan yasalgan bolta bilan ish ko‘rgan bo‘lishsa, keyinchalik temir qilich qo‘llay boshlashgan. Demak, bu nuqtai nazardan, inson ikki davrni - vahshiylik va madaniyat davrini boshidan kechirdi, deb hisoblanadi. Lekin dinlar tarixi bilan shug‘ullangan olimlar arxeologiyaning, insoniyatning dastlabki davri «vahshiylik davri bo‘lgan», degan fikrini rad etadilar. Ularning fikricha, insonlarning dastlabki davri vahshiylik emas, balki ilk madaniyat davridir. Bu ilk madaniyat darsini insonlarga ilohiy payg‘ambarlar berishgan. Shu bilan birga ularga ilk diniy fikrlarni, ya’ni yagona Allohga ishonishni ham shu payg‘ambarlar yetkazishgan. Ilohiy payg‘ambarlardan ilk madaniyat darsini olgan insonlar keyinchalik bu madaniyatdan uzoqlashib, birinchi darsni unutish darajasida vahshiylashganlar. Ma’lum vaqt oradan o‘tib, yana ilohiy payg‘ambarlar vositasi bilan inson avvalgi madaniyatga qaytarilgan. Demak, inson o‘z hayoti davomida ikki davrni-vahshat va madaniyat davrini emas, balki ilk madaniyat, vahshat va ikkinchi madaniyatdan iborat uch davrni boshidan kechirgan. Vahshiylik esa, insonlar uchun ikki madaniyat orasidagi bir bosqichdir. Ilohiy payg‘ambarlarning barchalari ham Alloh huzuridan bitta din – yagona Allohga ishonch va e’tiqoddan iborat bo‘lgan Islom dinini, musulmonlikni keltirganlar. Musulmonlik haqiqatan ham insoniylik dinidir. Insonlarning eng birinchi o‘rgangan dini Allohning birligiga ishonchdan iborat edi. Ularga bu e’tiqodni o‘z oralaridan tanlab olingan ilohiy payg‘ambarlar yetkazdilar. Eng so‘nggi payg‘ambar Muhammad (s.a.v) ham ayni shu e’tiqodni targ‘ib qildilar. Biroq avvalgi payg‘ambarlar bildirgan yagona Allohga ishonchning asoslari turli kimsalar tarafidan buzildi. Turli sabablar bilan keyinchalik o‘zgarishlarga uchraydi. Hattoki Allohga ibodat o‘rnini but va sanamlarga sig‘inish egalladi. Butparastlikning asosi-tabi’at kuchlarini ilohiy lashtirib yuksaltirish, rasm, haykallarda aks etgan bu kuchlarga insonlarni sig‘intirish bilan ularning qadr va sharafini yerga urishdan iborat edi. Boshqa payg‘ambarlar o‘z davrlarida amalga oshirgan vazifalari singari Muhammad (s.a.v) ham davr ta’sirida o‘zgarib qolgan bu asoslarni asl holiga qaytardilar. Tabi’at kuchlariga sig‘inishni man’ etibgina qolmay, ayni paytda, bu kuchlardan foydalanishni bildirib, insoniyat sharafini yuksaltirdilar. Binobarin, Alloh taolo Yer va ko‘kdagi narsalarni, shu jumladan insonni ham shunchaki yaratgan emas, demakki, insonga berilgan aql ham bejiz emas. Alloh insonni ikki borliq-ko‘z bilan ko‘rinadigan moddiy va ko‘z bilan ko‘rinmaydigan ma’naviy borliq bilan yaratgan. Ko‘pincha insonning moddiy borlig‘i ma’naviy borlig‘idan ustun keladi. O’sha payt insonning irodasi haqni taniyolmay qoladi. Fazilat aqllari berkiladi. Kamolot darajasini topmagan aqlning kuchi adolat o‘rnatish uchun yetmay qoladi, ko‘z bilan ko‘rilmaydigan narsalarni tushunolmay qoladi. Bu hol ma’naviy xastalikdir. Bu xastalikni davolaydigan birdan-bir chora ilohiy tarbiya bo‘lib, uning dasturi esa payg‘ambarlar vositasi bilan insoniyatga yuborilgan vahiydir. Vahiy faqat payg‘ambarlar vositasida yuboriladi. Ta’bir joiz bo‘lsa, ilohiy vahiy – Yer yuziga payg‘ambarlarning yuborilishidir. Din esa, har bir payg‘ambarning vahiy orqali Allohdan olgan hukmlar yig‘indisidir. Din deganda, yagona Alloh va uning elchisi esga keladi. Allohsiz din bo‘lmaganidek, vahiyga suyanmagan, bir payg‘ambar tomonidan yetkazilmagan ko‘rsatmalarni ham «din» deb bo‘lmaydi. Allohning huzuridan payg‘ambarlar orqali insoniyatni hidoyatga chaqirish uchun yuborilgan din Islom dinidir. Islom dini inson yaratilgandan buyon mavjuddir. Har asrda yashagan va hozirda yashab turgan insoniyat bor ekan, u ham albatta turadi. «Alloh» fikrining yo‘qolishi insoniyat hayotiga nuqta qo‘yilishidir. Islomiy e’tiqodga ko‘ra, payg‘ambarlik Allohning bandalariga bergan eng buyuk lutfidir. Insonlik darajasining eng yuksak cho‘qqisidir. Hech kim payg‘ambarlik maqomiga o‘z zakosi, bilimi va o‘z g‘ayrati bilan erisholmaydi. Payg‘ambarlik meros ham qolmaydi. Payg‘ambarlarni Alloh taolo bandalari orasidan o‘zi tanlaydi. Bu haqda Qur’oni karimda shunday deyiladi: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling