Microsoft Word qalbimizning nuri ziyouz com doc


Download 202.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet29/44
Sana27.01.2023
Hajmi202.48 Kb.
#1132654
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   44
Bog'liq
Abdulloh Murod. Qalbimizning nuri

www.ziyouz.com kutubxonasi 
25
— Hozir seni qo‘yib yuborsam, mening boshimni o‘pasanmi? — deb so‘radi. 
— Bir o‘zimni emas, sheriklarimni ham qo‘yib yuborsang, boshingni o‘paman, — dedi Abdulloh. 
Abdulloh ibn Huzofa, roziyallohu anhu, deydilar: “Ichimda bu odam Allohga qanchalar dushman 
bo‘lsa-da, o‘zimni va o‘rtoqlarimni qutqarish uchun boshini o‘pishimning nima zarari bor?” dedim va 
borib boshini o‘pdim. U ham asirlarni qo‘yib yubordi”. 
Abdulloh asirlar bilan Madinaga kelganida Hazrati Umar, roziyallohu anhu: “Abdulloh ibn 
Huzofaning boshini o‘pish har bir musulmonga fazilatdir. Bu vazifani eng avvalo men ado etmog’im 
kerak”, dedilar va turib Abdullohning boshini o‘pdilar». 
 
 
PAYG‘AMBARNI YIG‘LATGAN OYAT 
Abdullohdan, roziyalllohu anhu:
Janobi Payg‘ambarimiz: 
— Menga Qur’on o‘qib berasanmi? — dedilar. 
— Yo Rasulalloh! Qur’on Sizga nozil bo‘lgan bo‘lsa-yu men o‘qib beraymi? — dedim. 
— Men uni boshqa birovdan eshitishni xohlayman, — dedilar Faxri koinot. 
Shundan so‘ng “Niso” surasini o‘qiy boshladim va: 
“Har bir ummatdan (o‘z payg‘ambarini) guvoh sifatida keltirganimizda va sizni (ey, 
Muhammad), ularga guvoh qilib keltirganimizda (ularning holi) ne kechur?!” oyatiga 
yetganimda: 
— Bas, yetar, — dedilar. 
Qarasam, Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam, yig‘layotgan ekanlar. 
 
 
ILOHIY HIKMAT 
Abdulloh ibn Mug’affaldan, roziyallohu anhu: 
Bir ayol johiliyat davrida yomon yo‘lda edi. Bir odam uning yonidan o‘tarkan, shilqimlik qildi. Ayol: 
— Meni o‘z holimga qo‘y. Alloh subhanahu va taolo barcha iflosliklar bilan birga butparastlikni
ham bekor qilib, Islom dinini nozil etdi, — dedi u. 
Bu gapdan so‘ng haligi odam ayoldan uzoq ketsa hamki, ko‘zlarini undan uzmay borar edi. 
Nihoyat, yuzi bilan bir devorga urildi. So‘ng voqeani borib Payg‘ambarimizga, sollalllohu alayhi va 
sallam, aytdi. Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam unga: 
— Sen Alloh taolo yaxshilik istagan banda ekansan. Zero, Alloh taolo bir quliga yaxshilik iroda 
qilsa, sodir etgan gunohi uchun darhol uni jazolaydi va biror bandasiga yomonlik istasa, unga 
qiyomat kuni jazo berish maqsadida, gunohlarida davom etish imkonini beradi, — dedilar. 

Download 202.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling