Microsoft Word qisqacha ms word, WinWord
Download 15.32 Kb. Pdf ko'rish
|
Zamonaviy matn redaktorlari (Word)
Microsoft Word (qisqacha MS Word, WinWord yoki Word) – matnli maʼlumotlarni yaratish, koʻrish va tahrir qilish uchun moʻljallangan matn muharriridir yoki matn protsessori. Microsoft korporatsiyasi tomonidan Microsoft Office paketi tarkibida chiqariladi. Ilk versiyasi Richard Brodi tomonidan 1983-yil IBM PC uchun yozilgan. Keyinroq Apple Macintosh (1984), SCO UNIX va Microsoft Windows (1989) uchun ishlab chiqilgan. Amaldagi versiyasi Windows va MacOS uchun moʻljallangan Microsoft Office Word 2016 hisoblanadi. MS Word dasturining asosiy bosh oynasi ushbu ko’rinishda bo’ladi. Klaviaturada masalan quyidagicha oddiy holatda yozsa bo'ladi, shu holatda bu yerda biz yozuv o'lchamini o'zgartirish va shrift turini ham o'zgartirishimiz mumkin. Asosan belgilangan standart matn uchun Times New Roman va 14 o'lchami hisoblanadi. Asosan ko'pchilik hujjatlar ham ushbu shrift va o'lchamda yoziladi. Yozuvlar ustida ko'pgina amallar qilish imkoni mavjud, masalan matn qalinligi va dizaynini, ularni rangini, yozilish tartibini o'zgartirish va boshqa ko'plab amallarni bajarishimiz mumkin. Ushbu Aa znachoki matn harflarining qanday ko’rinishda bo’lishini boshqaradi. Masalan, matn faqat katta harflar bilan yozilishi, faqat kichkina harflar bilan yozilishi, aralash tarza yozilshi va boshqa turli xil ko’rinishda yozilishini ta’minlaydi. Chap burchakda “поля” degan qism bo’lim mavjud. Bu bo’lim sahifaning chekkisidan qancha masofa qolishini boshqaradi, bizda oddiy o’lcham, chap tamoni 3 sm o’ng tamoni 1.5 sm, tepadan va pastdan 2 sm uzoqlikda joylashgan. Undan tashqari biz quyidagi berilgan tayyor o'lchamlarni qo’llashimiz mumkin bo’ladi. “ориентация” bo’limi esa bizga sahifamizni gorizantal yoki vertikal tarza yaratishimiz mumkinligi imkoniyatini beradi. Sahifa formatini belgilash “Размер” bo’limida amalga oshadi: “Калонки” bo’limida biz matnimizni umumiy sahifada tuzilish tartibini boshqaramiz. Masalan uni huddi gazeta va jurnallardagi kabi ikki qator qilib yozishimiz mumkin bo’ladi. MS Word dasturida faqatgina matnlar bilan ishlabgina emas balki, jadvallar bilan ishlash imkoni mavjud. Jadvallar bilan ishlash uchun biz “Вставка” menyusidan Tablitsa bo’limini tanlaymiz, shu yerdan biz o’zimiz hoxlagan o’lchamdagi jadvallarni yaratishimiz mumkin. Jadvallar ustida ham bir nechta amallarni bajarish imkoni mavjud. Ularning tashqi ko’rinishi jumladan rangi, qalinligi va boshqa xususiyatlarini ham o’zgartishimiz mumkin. Dasturda diagramma va figuralardan ham foydalanishimiz mumkin. Buning uchun ham biz “Вставка” menyusidan foydalanamiz. Diagramma va figuralar ustida turli xil amallarni oshira olamiz, ularni rangini o’zgartirish, ularga matn yozish, o’lchamlarini o’zgartirish va boshqa amallar ham ular jumlasiga kiradi. Faylni saqlash va hujjatni MS Word da chop etish uchun quyidagi amallarni bajaramiz: Faylni saqlash uchun MS Word oynasining yuqori chap burchagida joylashgan "Fayl" yorlig'ini bosamiz. Agar siz joyni ko'rsatmoqchi bo'lsangiz yoki fayl nomini o'zgartirmoqchi bo'lsangiz, ochiladigan menyudan "Saqlash" yoki "Boshqacha saqlash" ni tanlaymiz. Agar siz "Boshqacha saqlash" ni tanlagan bo'lsangiz, kompyuteringizda kerakli joyni tanlang va fayl nomini kiriting. Hujjatni saqlash uchun "Saqlash" tugmasini bosamiz. Hujjatni chop etish uchun, yana "Fayl" yorlig'ini bosamiz. Ochilgan menyudan "Chop etish" bandini tanlang. Shu bilan bir qatorda, Ctrl+P klaviatura yorliqlaridan foydalanishingiz mumkin. Chop etish sozlamalari paneli ekranning o'ng tomonida paydo bo'ladi. Printerni tanlash, nusxalar soni va sahifa diapazoni kabi chop etish sozlamalarini ko'rib chiqing. Sozlamalarga kerakli o'zgarishlar kiritamiz. Hujjatni chop etishni boshlash uchun "Chop etish" tugmasini bosamiz. Aniq qadamlar va variantlar biz foydalanayotgan MS Word versiyasiga qarab biroz farq qilishi mumkin. Download 15.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling