Microsoft Word qisqacha ms word, WinWord


Download 15.32 Kb.
Pdf ko'rish
Sana02.06.2024
Hajmi15.32 Kb.
#1833503
Bog'liq
Zamonaviy matn redaktorlari (Word)



Microsoft Word (qisqacha MS WordWinWord yoki Word) – matnli
maʼlumotlarni yaratish, koʻrish va tahrir qilish uchun moʻljallangan matn
muharriridir yoki matn protsessori. Microsoft korporatsiyasi tomonidan
Microsoft Office
paketi tarkibida chiqariladi. Ilk versiyasi Richard Brodi
tomonidan 1983-yil
IBM
PC uchun yozilgan. Keyinroq Apple Macintosh
(1984), SCO UNIX va Microsoft Windows (1989) uchun ishlab chiqilgan.
Amaldagi versiyasi Windows va MacOS uchun moʻljallangan Microsoft Office
Word 2016 hisoblanadi.
MS Word dasturining asosiy bosh oynasi ushbu ko’rinishda bo’ladi.


Klaviaturada masalan quyidagicha oddiy holatda yozsa bo'ladi, shu holatda bu
yerda biz yozuv o'lchamini o'zgartirish va shrift turini ham o'zgartirishimiz
mumkin. Asosan belgilangan standart matn uchun Times New Roman va 14
o'lchami hisoblanadi. Asosan ko'pchilik hujjatlar ham ushbu shrift va o'lchamda
yoziladi. Yozuvlar ustida ko'pgina amallar qilish imkoni mavjud, masalan matn
qalinligi va dizaynini, ularni rangini, yozilish tartibini o'zgartirish va boshqa
ko'plab amallarni bajarishimiz mumkin.
Ushbu Aa znachoki matn harflarining qanday ko’rinishda bo’lishini boshqaradi.
Masalan, matn faqat katta harflar bilan yozilishi, faqat kichkina harflar bilan
yozilishi, aralash tarza yozilshi va boshqa turli xil ko’rinishda yozilishini
ta’minlaydi.


Chap burchakda “поля” degan qism bo’lim mavjud. Bu bo’lim sahifaning
chekkisidan qancha masofa qolishini boshqaradi, bizda oddiy o’lcham, chap
tamoni 3 sm o’ng tamoni 1.5 sm, tepadan va pastdan 2 sm uzoqlikda


joylashgan. Undan tashqari biz quyidagi berilgan tayyor o'lchamlarni
qo’llashimiz mumkin bo’ladi.


“ориентация” bo’limi esa bizga sahifamizni gorizantal yoki vertikal tarza
yaratishimiz mumkinligi imkoniyatini beradi.
Sahifa formatini belgilash “Размер” bo’limida amalga oshadi:
“Калонки” bo’limida biz matnimizni umumiy sahifada tuzilish tartibini
boshqaramiz. Masalan uni huddi gazeta va jurnallardagi kabi ikki qator qilib
yozishimiz mumkin bo’ladi.



MS Word dasturida faqatgina matnlar bilan ishlabgina emas balki, jadvallar
bilan ishlash imkoni mavjud. Jadvallar bilan ishlash uchun biz “Вставка”
menyusidan Tablitsa bo’limini tanlaymiz, shu yerdan biz o’zimiz hoxlagan
o’lchamdagi jadvallarni yaratishimiz mumkin.


Jadvallar ustida ham bir nechta amallarni bajarish imkoni mavjud. Ularning
tashqi ko’rinishi jumladan rangi, qalinligi va boshqa xususiyatlarini ham
o’zgartishimiz mumkin.
Dasturda diagramma va figuralardan ham foydalanishimiz mumkin. Buning
uchun ham biz “Вставка” menyusidan foydalanamiz.
Diagramma va figuralar ustida turli xil amallarni oshira olamiz, ularni rangini
o’zgartirish, ularga matn yozish, o’lchamlarini o’zgartirish va boshqa amallar
ham ular jumlasiga kiradi.


Faylni saqlash va hujjatni MS Word da chop etish uchun quyidagi amallarni
bajaramiz:
Faylni saqlash uchun MS Word oynasining yuqori chap burchagida joylashgan
"Fayl" yorlig'ini bosamiz. Agar siz joyni ko'rsatmoqchi bo'lsangiz yoki fayl
nomini o'zgartirmoqchi bo'lsangiz, ochiladigan menyudan "Saqlash" yoki
"Boshqacha saqlash" ni tanlaymiz. Agar siz "Boshqacha saqlash" ni tanlagan
bo'lsangiz, kompyuteringizda kerakli joyni tanlang va fayl nomini kiriting.
Hujjatni saqlash uchun "Saqlash" tugmasini bosamiz.


Hujjatni chop etish uchun, yana "Fayl" yorlig'ini bosamiz. Ochilgan menyudan
"Chop etish" bandini tanlang. Shu bilan bir qatorda, Ctrl+P klaviatura
yorliqlaridan foydalanishingiz mumkin. Chop etish sozlamalari paneli ekranning
o'ng tomonida paydo bo'ladi.


Printerni tanlash, nusxalar soni va sahifa diapazoni kabi chop etish
sozlamalarini ko'rib chiqing. Sozlamalarga kerakli o'zgarishlar kiritamiz.
Hujjatni chop etishni boshlash uchun "Chop etish" tugmasini bosamiz.
Aniq qadamlar va variantlar biz foydalanayotgan MS Word versiyasiga qarab
biroz farq qilishi mumkin.

Download 15.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling