Microsoft Word qizlar tarbiyasi ziyouz com doc
Download 261.94 Kb. Pdf ko'rish
|
Aliy Naziimoo. Qizlarning tarbiyasi
www.ziyouz.com кутубхонаси
15 qanday tikar edilar. Chunki uning turli-tuman parchalarini bir-biriga qo‘shib biriktirgan men". TIKUV ISHLARI Najmiya oyimqiz hali o‘n olti yoshga ham yetmagandir. Barmoqlari tezlikda va ustalikda bir pari barmog‘iga o‘xshaganligini so‘zlaydurlar, chunki uni hech bir ishlay olmagan ishi yo‘qligini qizning o‘rtoqlari har kun ko‘radilar, bichimi eng kelishgan, eng qiyin kiyimlarni tikuvda ustalik ko‘rsatadir. Shuning kabi u odatdagi ishlardan, yamashlardan ham yalqovlanmas, paypoqlarni, yirtilgan kiyimlarni g‘oyat chiroyli yamashga ustadir. Avvalda yaxshi boyliklari bo‘lib, keyinchalik taqdirn Xudo ila odatdan tashqari torlikka tushgan, ko‘p jamoali oilaning katta qizi bo‘lgan Najmiya oyimqiz o‘zining odatdan tashqari chevarligi ila yurt jamoalarining har biriga yurtlarining xazinasi kabi sanalmishdir. Kiyimlarni kishiga bichtirib tikdirganda oila otasining kissasidan naqadar ko‘p aqchalar chiqishini bilgan Najmiya oyimqiz kiyimlarii o‘z qo‘li ila bichib, tikishga o‘rganib, kiyim-kechaklarning yaxshi bo‘luvini kuzatib, ularni yaxshi kilishga tirishadir. Qiz qarindoshlariga yangi kiyimlar tikib beradir va eskirganlarini tuzatadir. Ilgariroq tikilib rasmdan chiqqanlarini so‘kib, yangicha qilib o‘zgartiradir. Qo‘lining ustaligi, o‘zining ishbilarmonligi orqasida buzib tikkanlari yangi tikib ziynatlangan kabi ko‘rinadir. Xotunlar kiyimini tuzatgapga usta bo‘lgani kabi, otasining, erkak qarindoshlarining kiyimini ham naq bir tikuvchi singari tuzatish qo‘lidan keladir. Paltolarning ichidagi astarlarini almashtira oladir. Yoqa va yenglardagi hatifa (duxoba) va boshqa ziynatlarini tuzatadir. Tugmalarini yangilaydir. Uzilgan bog‘ichlarni yangidan tikadir. Kissalarni alishtirib, o‘rniga yangisini qo‘yadir. Kerak bo‘lganda mixga ilib yirtilgan yerlarni hech bilintirmay yamaydir. Bir ko‘ylak yoki kiyimda ko‘rinmaslik darajada mixga ilingan yer yamalmasa, u tobora kattalashib ko‘zga chalinadir, qo‘lqopda bo‘lgan bir ip uzilib, ko‘rinuvi ila tikilmasa, tezda kattalashib, u joydan barmoq chiqa boshlar. Yirtiq paypoq vaqtida yamalmasa, yuvilgandan so‘ng kir yuva turgan uydan to‘piqsiz bo‘lib keladir. Shuning uchun yurt ishlari qarovchilarining yoki kelgusi kunda yurt tutuvchi bo‘ladiggn kichkina qizlarning bunday mayda narsalarni ham ko‘zlaridan yiroq tutmay, Najmiya xonim singari tuzatishga e yamashga qo‘llaridan kelgan qadar tirishuvlari lozimdur. Download 261.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling