Microsoft Word qizlar tarbiyasi ziyouz com doc


Download 261.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/31
Sana26.10.2023
Hajmi261.94 Kb.
#1724805
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
Aliy Naziimoo. Qizlarning tarbiyasi

 
 
KITOB O’QISH 
Kitob o‘qish eng huzurli, eng go‘zal yupanchlardan bo‘lgani kabi zehn orttirmak, ilmu 
ma’rifat hosil qilmak, xullas, ilmu tarbiya o‘rganmak uchun juda kerakli bo‘lgan ishlardan 
biridir. Bir yaxshi kitob o‘qish ila qayg‘ular tarqaladir, lekin avvalo shuni aytamanki
bizning uchun to‘g‘ri-yu, durust kitoblar ko‘rishdan foydaliroq hech narsa yo‘q. Agar 
yaxshi kitob qanday tanlanadi deb so‘rasangiz, sizga shunday javob beramiz: 
"Zehnlarimizni tuzatgan, kerakli ishlarimizni bizlarga bildirgan va sezdirgan, bizni 
ko‘rkam xulq egasi bo‘lishga undaydigan kitob yaxshi kitobdir. Buning aksi bo‘lib, bizda 
buzuq fikrlarni uyg‘otadigan, yovuzu yomon hulqlarni ko‘rkam hulqlar kabi 
ko‘rsatadigan, bizni yolg‘on o‘ylarga boshlab, to‘g‘ri o‘ylardan chalg‘itadigan kitob esa, 
yomon kitobdir. Uni tezda qo‘ldan tushirmak kerak. Biroq yosh qizlar onalaridan yashirin 
o‘qish niyatida bo‘lgan asarlarni-da o‘qishi kerak emasdir. Kichkina xonim qizlar, agar 
mendan qanday kitob o‘qish kerak, deb so‘rasangiz, sizga shu suvratda javob beraman: 
"Muallifning ilmi adab va ahloqda o‘rnak olishga yararlik bo‘lgan asarlarini o‘qingiz. Uni 
sanab tugatib bo‘lmas ko‘p foydalari bordir". 
 
 
YURT TUTA BILMAK FANI 
Uyning ichi xotunlarga topshirilgandir. Unda ijro qilish lozim bo‘lgan narsalarni 
o‘rganmasalar, kerakli bo‘lgan ishlarning boshidayoq adashib qolurlar. Bu ishlar xotun 
uchun foydali va qadrini orttiradigan bir fan bo‘lib, u bir qancha vazifalarni o‘z ichiga 
oladi. 
Ilmi sarf, tarix, jug‘rofiya fanlarigina sizning yolg‘iz mashg‘ulotingiz bo‘lmas. Sizni 
kelgusi kunda o‘ylab, bilib ishlashga o‘rgata turgan fan yurt tuta bilmak fanidir. Yurt 
tuzukligi uchun bo‘lgan har bir narsa xotun uchun ta’limu tarbiya ustiga bino qilinmog‘i 
lozimdir. 
Xotun osh qanday ravishda hozirlanishini, dasturxon qanday tuzalishini, bir uyning 
kerak narsalarini hozirlash uchun qanday tadbirlar lozim bo‘lishini, yeya turgan 
narsalarning qanday haq ila olinajagini, yurti jamoasiga qancha osh yetajagini va buning 
kabi boshqa bir qancha narsalarni biluvi lozim bo‘ladir. Chetdan sotib olinganda qimmat 
bo‘la turgan narsalarni ozgina aqcha ila odam o‘zi qila oladigan bo‘lsa, uni o‘rganish ham 
foydadan xoli emasdir. Xotun hech bir kunda osh pishiruvdan, kiyim tikuvdan, kir 
yuvuvdan, uyning ichini supurib, changlarni artuvdan bo‘shay olmasligi ma’lum. Vaziyat 
uni qo‘l ostida bo‘lgan uyning rizqlarini, kerakli asboblarini hozirlashni o‘z ustiga oluvchi, 
butun yurt jamoasiga muallim, kasal qarovchi yoki boshqacha nom ila aytganda bemor 
xizmatchisi qilgandir. Olimlardan biri yozgan kitobida shunday degan: "Yosh qizlarning 
zehnini o‘zlariga tegishli bo‘lgan narsalar ila o‘stiringiz, ularga yurt ishlarini o‘rgatingiz. 
Ularni kichkina vaqtlaridayoq yurt tutishga, hisob-kitobga, mayda-chuyda narsalar sotib 


Qizlar tarbiyasi. Aliy Nazimo 

Download 261.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling