Microsoft Word qizlar tarbiyasi ziyouz com doc


Download 261.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/31
Sana26.10.2023
Hajmi261.94 Kb.
#1724805
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31
Bog'liq
Aliy Naziimoo. Qizlarning tarbiyasi

www.ziyouz.com кутубхонаси 
12
salomatlikning yurt ichida xukm surmog‘i oila onasiga bog‘liqdir. Chunki rizqlar ila 
shug‘ullanuvchi faqat uginadir. U oshlarning xosiyatlarini, oshqozoni zaif bo‘lganlarga, 
keksalarga, bolalarga va boshqalarga qanday go‘shtning, qanday ko‘katning to‘g‘ri 
kelishini bilishi lozim. Shu bois bu o‘rinda osh tez singishi uchun zarur bo‘lgan narsalarni 
bildirib, so‘ngra eng kerakli oshlarni ko‘zdan kechirurmiz. 
Yeya turgan narsalar tish ila yaxshi chaynalishi kerak. Osh to‘g‘risida ikki narsani 
e’tiborga olmak kerak. Biri tanni saqlay turgan osh, ikkinchisi, tez singa turgan oshni 
tanlamaqdir. Sigir etidan pishirilgan sho‘rva tanga juda yaxshi ta’sir etadi. Qancha 
quvvatli bo‘lsa, shu qadar tez singadir, tanga foydali bo‘ladir. Ko‘p suv ila pishgan 
sho‘rva suvi ko‘p bo‘lganligidan singishli bo‘lmas, oshqozonga og‘irlik qiladir. Endigina 
kasallikdan tuzalganlarning, oshlari tez singmay turgan odamlarning oshqozonlari 
sho‘rvaning juda ozginasini qabul qila oladir. Yaxshi sho‘rva hozirlash uchun et sovuq 
suvga solinadir, agar qaynayotgan suvga solinsa, etning suvi qaynoq suv ila tezda 
quyuqlashib, et ham qattiqlashadir. Sho‘rvaga quvvati chiqmas. 
TIRIKLIK QILMAK SUVRATI 
Tiriklik qila bilish sihat uchun cheksiz keraklidir. "Har qachon to‘rt kasallikning uchtasi 
ikkinchi doriga muhtoj bo‘lmay, bori tiriklik biluv ila tuzaladir", degan odam juda chin 
so‘zlagandir, har kim o‘zini bilishi, tabiatiga qarab, o‘zining qanday suvratda tiriklik 
qilishini tajriba qilib, shul suvratda tiriklik qilish ila shug‘ullanishi kerak. "Xayru-l-umur 
avsatuho" deyilgani kabi, ya’ni har kim uchun o‘rtacha tiriklik xayrlidirki, bu ma’lum 
o‘lchovda et, suv, tuxum kabi mavoddi hayvoniyyalar va o‘lanlar ila rizqlanmakdir. 
Yolg‘iz go‘sht yoki o‘lan ilagina tiriklkk qiluv sihat uchun zararlidir. Shuning uchun et ila 
o‘lanlarni birga yemak kerak. Ovqatlanish aniq soatlarda bo‘lib, ikki ovqatlanishning 
orasi to‘rt soatdan kam bo‘lmasligi kerak. Kechki ovqatlanish yotishdan uch-to‘rt soat 
avval bo‘lishi kerak. Ovqatlangan vaqtda suv ichmakchi bo‘lsangiz, quyuq ovqatlar 
yegan vaqtda ichish kerak. Ovqatlangan vaqtda bir necha bor suv ichilsa, juda foydali 
bo‘ladir. Salomatlik uchun oshlarning juda quvvatli narsalar solinmagani foydalidir. 
Ovqatni sekin, tamoman chaynab yemakni odat etish kerak. Shoshib ovqatlanish 
odamni osh singmay turgan kasalliklarga giriftor qilur. Odam yeydigan ovqatning 
miqdori uning ishlashiga, shug‘ullanishiga ko‘ra bo‘lishi kerak, ko‘prak ishlasa, ko‘prak 
yeyishi kerak. Xotunlarning tan ila, ham aql ila shug‘ullanuvlari erlardan ozroqdir. 
Shuning uchun yengilroq ovqatlar ila qanoat qiluvlari lozim bo‘ladir. Yeb bitirar-bitirmas 
shug‘ullanuvdan, ishga tutinuvdan saqlanish kerak. Agar gazeta o‘quv kabi bir yengil ish 
ila shug‘ullanilsa zarari bo‘lmas. Tuxumni saqlash uchun yuz ellik dirham so‘ndirilmagan 
ohakning ustiga asta-sekkn besh litr (yuz zllik dirham qadoqning choragi chamasidagi 
bir o‘lchov) suv quyib so‘ndiriladir. Bu suv o‘ttiz olti soat turgandan so‘ng tuxumlarning 
ustiga quyib qo‘yiladir. Bu tuxumlar uzoq zamon buzilmas. Ohakli suv tuxum po‘stlarini 
yumshatganidan tuxumlarni bu suvdan olgan vaqtda juda ehtiyotlik ila asta olish kerak. 
Tuxumlarnnng buzilmaganini bilish uchun nurga, yoruqqa tutib qaraladir. Tuxumlar 
qancha yorug‘, yaltiroq bo‘lsa, shu qadar yangi, qancha xira bo‘lsa, shu qadar eski 
bo‘ladir. Tuxumlarning yangi yoki eskiligini shunday usul bilan ham bilsa bo‘ladir: agar 
tuxum yangi bo‘lsa, to‘ppa-to‘g‘ri suvning tubiga tushadir, bir kun avvalgi bo‘lsa, eng 
tubiga tushib yetmaydir, agar uch kunlik bo‘lsa, suvning o‘rtasida suzib yuradir. Demak, 
tuxum qancha eski bo‘lsa, shuncha suvning yuziga chiqadir. 


Qizlar tarbiyasi. Aliy Nazimo 

Download 261.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling