Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Azon aytilayotganda xatibning minbarda o'tirmog'i - sunnat
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 24-bob. Xutba vaqtida azon aytmoq
- 25-bob. Minbarda xutba aytmoq
23-bob. Azon aytilayotganda xatibning minbarda o'tirmog'i - sunnat
Soib ibn Yazid quyidagicha rivoyat qiladirlar: «Jum'a kuni masjidda odam ko'payib ketganda Usmon raziyallohu anhu. ikkinchi marta azon chaqirmoqni buyurdilar. Jum'a kuni azon imom minbarda o'tirganda aytilar erdi». 24-bob. Xutba vaqtida azon aytmoq Zuhriyga Soib ibn Yazid bunday debdirlar: «Jum'a kunidagi birinchi azon Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, Abu Bakr va Umar davrlarida, imom minbarda o'tirgan vaqtda aytilar erdi. Usmon raziyallohu anhu xalifalik qilgan vaqtga kelib, odam ko'paydi. U jum'a kuni Zavro'degan joyda uchinchi azon aytmoqni buyurdi. Shu-shu, bu odat bo'lib qoldi». 25-bob. Minbarda xutba aytmoq Anas: «Rasululloh sallallohu alayhm va sallam minbarga chiqib xutba aytdilar»,- deydilar. Abu Hazm ibn Dinor rivoyat qiladirlar: «Bir necha odam minbarning nimadan yasalganligi to'g'risida tortishib qoldilar, so'ng Sahl ibn Sa'd as-So'idiy huzuriga kelib, shu haqda undan so'radilar. Sahl ibn Sa'd as-So'idiy bunday dedi: «Qasamyod qilurmenkim, men uning nimadan yasalganini juda yaxshi bilurman. Uni olib kelib qo'yishgan kunyaing o'zidayoq ko'rganman, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o'sha kuni unga birinchi marta o'tirib ko'rganlarini ham ko'rganman. Minbarning yasalish tarixiga kelsak, Janob Rasululloh falonchi xotinga odam yubordilar (Sahl xotinning otini aytgan erdi), kelgach, unga: «Duradgor g'ulomingga buyursang, odamlarga gapirganimda ustiga chiqib o'tiradigan bir minbar yasab bersa»,-dedilar. Xotin g'ulomiga buyurdi. G'ulom tarfo degan daraxt yog'ochidan minbar yasadi, xotin uni Rasulullohga yubordi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam minbarni shu yerga qo'ymakni buyurdilar. So'ng, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning minbar ustida namoz o'qiganlarini ko'rdim. Minbar ustida takbiri tahrima aytdilar! so'ng (minbar ustida) ruku' qildilar, keyin (minbardan) tisarilib tushib, yerda sajda qildilar. Keyin, yana (minbarga) qaytib chiqdilar. Namoz o'qib bo'lganlaridan so'ng odamlarga qarab: «Ey odamlar, mening namoz o'qishimni o'rganib olingiz va sizlar ham men kabi namoz o'qingiz, deb shunday qildim»,- dedilar». Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Bir xurmo to'nkasi bo'lib, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uning ustiga chiqib xutba aytar erdilar. Janob Rasulullohga minbar qo'yib berishgach, to'nka yangi tuqqan tuya bo'zlagandek yig'laganini eshitdik, hatto Rasululloh sallallohu alayhi va sallam minbardan tushib, muborak qo'llarini uning ustiga qo'ydilar. Shundan keyingina to'nka jimib qoldi, Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy Solimning otalari Ibn Umar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning minbar ustida turib: «Kim jum'aga kelsa, g'usl qilib kelsin!» - deganlarini eshitgan erkanlar». Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling