Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Jum'a kuni duo ijobat bo'ladigan vaqt to'g'risida


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet210/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

36-bob. Jum'a kuni duo ijobat bo'ladigan vaqt to'g'risida
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam jum'a kuni haqida gapira turib: «Jum'a kunida bir 
muayyan vaqt bordir. Musulmon bandaning o'qiyotgan namozi o'sha vaqtga to'g'ri kelib 
qolmog'i qiyindir, bordiyu to'g'ri kelib qolg'aydir, o'sha banda Olloh taolodan biror narsa 
so'rag'aydir, so'raganini berg'aydir»,— dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
muborak qo'llari birlan o'sha vaqtning qisqa ekanligiga ishora qildilar».
37-bob. Jum'a kuni odamlar imomni tashlab namozdan chiqib ketib qolishsa, 
imom va u bilan qolgan kishilarning namozi joizdir
Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Bir kuni payg'ambarimiz Muhammad sallallohu 
alayhi va sallam birlan birga jum'a namozini o'qiyotgan erdik, birdan Shorn tomondan 
don ortilgan karvon kelib qoldi. Odamlar (namozni tashlab) karvon tomonga qarab 
ketishdi, hatto Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga 12 kishi qoldi, xolos. 
Shunda: «Agar odamlar biror oldi-sotdini yokim o'yin-kulgini ko'rib qolishg'aydir, seni 
namozda tik turganingcha qoldirib ketishg'aydir»,— degan oyati karima nozil bo'ldi».
38-bob. Jum'adan keyin va jum'adan avval namoz o'qimoq
Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uylarida 
peshindan avval 2 rak'at, peshindan keyin 2 rak'at, shomdan keyin 2 rak'at va 
xuftondan keyin 2 rak'at namoz o'qir erdilar. Jum'adan keyin ham uylariga qaytib 
kelganlaridan keyin 2 rak'at namoz o'qir erdilar».
39-bob. Olloh taoloning «Jum'a namozi o'qib bo'lingach, tirikchiligintizni 
qilinsiz va Olloh taolodan halol rizq tilangiz!» degan oyati karimasi
Sahl ibn Sa'd rivoyat qiladirlar: «Biz tomonda bir xotin bor erdi, dalasiga qand lavlagi 
ekar erdi. Jum'a kuni bo'lsa, qand lavlagini yulib, bir hovuch arpa birlan qaynatib qo'yar 
erdi. Qand lavlagi iligdek bo'lar erdi. Namozi jum'adan qaytayotib ayolga salom berib 
o'tar erdik, u bizga o'sha taomdan keltirar erdi. Undan yalar erdik. Keyin, yana qachon 
jum'a kuni kelar erkan, deb orzu qilar erdik. Jum'a kuni namozdan keyingina qaylula 
qilar erdik, tushlikni ham faqat jum'adan so'ng yer erdik».


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling