Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Jum'a xutbasida qiblaga qaramay yomg'ir so'ramoq


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet230/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

39-bob. Jum'a xutbasida qiblaga qaramay yomg'ir so'ramoq
Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Jum'a kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tik 
turib xutba aytayotganlarida qozixona tomondagi eshikdan bir kishi kirib kelib: «Yo 
Rasululloh, chorva qirilib ketdi, ko'chalar huvillab qoldi, Ollohdan so'rab beringiz, bizga 
yomg'ir bersin!» - dedi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qo'llarini ko'tarib: 
«Ilohi, yomg'ir berg'il bizga! Ilohi, yomg'ir berg'il bizga! Ilohi, yomg'ir berg'il bizga!» - 
deb uch bor duo qildilar. Ollohga qasamyod etib ayturmenkim, havo ochiq bo'lkb, 
osmonda bir parcha ham bulut yo'q erdi. Biz birlan Sal' (Madinai Munavvaradagi tog') 
oralig'ida na birorta bino va na hovli bor erdi. Nogahon tog' ortidan qalqondek bulut 
ko'rinib, biz tomonga kela boshladi, sekin-asta kattalashib, butun osmonni qoplab oldi. 
Keyin, yomg'ir yog'di. Ollohga qasam ichib ayturmenkim, olti kungacha Quyosh yuzini 
ko'rmadik. Keyingi jum'a kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xutba aytib 
turganlarida o'sha eshikdan bir kishi kirib kelib: «Yo Rasulalloh, chorva qirilib ketdi, 
ko'chalar huvillab qoldi, Ollohdan so'rangiz, yomg'irni to'xtatsin!» -dedi. Shunda 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qo'llarini ko'tarib: «Ilohi, atrofimizga yog'dirg'il, 
ustimizga yog'dirmag'il! Ilohi; tepaliklarga, vodiylarga, bog'u rog'larga, o'tloqlarga 
yog'dirgil!» - deb duo qildilar. Bir oz o'tmay yomg'ir to'xtadi. Masjiddan chiqqanimizda 
Quyosh charaqlab turgan erdi». Keyinchalik, Shariyk raziyallohu anhu: «Janob


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
Rasulullohning oldilariga keyingi kelgan odam, o'sha yomg'ir so'rab kelgan odamning 
o'zimidi?» - deb so'raganda, Anas: «Yodimda yo'q»,- deb aytgan ekanlar.
40-bob. Minbarda turib yomgir so'ramoq
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Jum'a kuni Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam xutba aytib turgan erdilar, birdan bir kishi kirib kelib: «Yo Rasululloh, yomg'ir 
yog'may qo'ydi, Ollohdan so'rab beringiz, bizga yomg'ir bersin!» -dedi. RasululloH 
sallallohu alayhi va sallam duo qildilar, Olloh taolo bizga yomg'ir yubordi. Shunchalik 
ko'p yog'diki, hatto uylarimizga yetolmay qolayozdik. Yomg'ir kelasi jum'agacha tinmay 
yog'di. Shunda yomg'ir so'rab kelgan (yoki boshqa bir) odam: «Yo Rasululloh, Olloh 
taolodan so'rab beringiz, yomg'irni bizdan boshqa yoqqa yuborsin!» - dedi. Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam: «Ilohi, atrofimizga yog'dirg'il, ustimizga yog'dirmag'il!»- 
dedilar. Buni qarangki, bulutlarning o'sha damdayoq har tomonga (o'ngga-chapga) 
tarqab ketayotganini ko'rdim. Madinaning o'ng va so'l tomonlariga yomg'ir yog'di-yu, 
lekin Madina ahli ustiga yog'madi».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling