Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam to'g'rilarida yolg'on gap to'qigan


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

39-bob. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam to'g'rilarida yolg'on gap to'qigan 
odamnivg gunohi to'g'risida
Hazrat Ali raziyallohu anhu: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Mening to'g'rimda 
yolg'on so'z aytmangiz, kimki aytsa, do'zaxga tushsin!» deganlar»,— deb aytganlar.
Abdulloh ibn Zubayr otasiga: «Siz Rasululloh sollallohu alayhi va sallam to'g'rilarida 
falonchi va pistonchi kabi so'zlamayapsiz»,— dedi. Zubayr: «Ammo men haqiqatan 
Rasulullohdan ajralmaganman, birga bo'lganman, o'zlaridan eshitganman»,— dedi. 
«Kimki mening to'g'rimda yolg'on so'zlasa, do'zax o'tidan o'ziga joy tayyorlayversin!» 
deganlar»,— dedi Abdulloh.
Anas ibn Molik raziyallohu anhu: «Men sizlarga ko'p hadis aytib berardim-ku, lekin 
Rasululloh aytgan bir so'zlari meni shashtimdan qaytaradi, u kishi: «Kimki mening 
to'g'rimda yolg'on so'z to'qisa, do'zax o'tidan o'ziga joy tayyorlayversin!» deganlar»,— 
deb aytganlar.
Salama ibn Akva' raziyallohu anhu deganlar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: 
«Kim mening nomimdan aytmaganimni aytsa, do'zax o'tidan o'ziga joy tayyorlayversin!» 
deganlar».
Abu Hurayra raziyallohu anhu deydilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: 
«Farzandlaringizga ismimni qo'yingizlar, Abulqosim deb kunyamni qo'ymangizlar! Kimki 
meni tushida ko'rsa, o'zimni ko'ribdi, chunki shayton mening suratimga kira olmaydi, 
kimki mening nomimdan yolg'on so'zlasa, do'zax o'tidan o'ziga joy tayyorlayversin!» 
deganlar».
40-bob. (Din) ilmini (kitob qilib) yozmoq
Abu Juhayfadan: «Hazrat Ali raziyallohu anhuga aytdilar: «Sizda Allohning Kitobidan 
boshqa kitob bormi?» Ali: «Yo'q, faqat Allohning Kitobi, musulmon kishiga beriladigan


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
«Fahm risolasi» va mana bu sahifadagi narsa bordir»,— dedilar. Abu Juhayfa dedi: «Bu 
varaqdagi nima?» Ali dedilar: «Xun hukmi, asirni ozod qilmoq va kofir uchun 
musulmondan qasos olmoqning haromligi (to'g'risida)».
Abu Hurayra raziyallohu anhudan: «Makka fath qilingan yili Xuzo'a qabilasi Bani Lays 
qabilasidan bir kishini o'ldirdi (johiliyat davrida qabiladoshlaridan bir kishini o'ldirishgani 
uchun qasos olishdi). Bu xabar Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga yetkazildi. 
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam tuyalariga minib va'z aytdilar: «Alloh taolo 
Makkayu Mukarramadan o'limni bartaraf qildi (yoki fil askarlarini), Rasululloh sollallohu 
alayhi va sallamning hamda mo''minlarning qo'lini baland aylab, ularni mag'lub etdi. 
Ogoh bo'lingiz! Makkada urush qilmoq va o'ldirmoq mendan avval ham biror kishiga 
ruxsat etilmagandir (halol bo'lmagandir) va mendan keyin ham biror kishiga ruxsat 
qilinmaydi (halol bo'lmaydi). Kunduzi bir soatgagina (halol bo'ldi) izn berildi, urush 
qilmoq va o'ldirmoq shu soatdan e'tiboran haromdir (man' etiladi). Makkaning tikani 
ham yulinmaydi, daraxti ham kesilmaydi, tushib qolgan (yo'qotilgan) narsasi ham 
olinmaydi, faqat odamlarga ma'lum qilmoq uchun olinadi. Kim o'ldirilgan bo'lsa, uning 
qarindoshi ikki yo'ldan birini tanlaydi,"yo xunini oladi, yo qasosini oladi». Yamanliklardan 
biri kelib: «Yo Rasulalloh, menga yozib bering!»—dedi. Rasululloh: «Falonchiga yozib 
beringiz!»—dedilar. Quraysh qabilasidan bir kishi dedi: «Yo Rasulalloh, tikanlari 
yulinmaydi, daraxtlari kesilmaydi dedingiz, biroq izxir (xushbo'y o'simlik) o'rilsa, mayli 
deng! Yo Rasulalloh, biz izxirni o'rib, uylarimizga olib boramiz va qabrlarimizga 
qo'yamiz». Rasululloh: «Izxir o'rilsa, mayli»,— dedilar».
Abu Hurayra aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sahobalari orasida 
hadislarni mendan ko'ra ko'proq biladigan kishi yo'qdir. Yolg'iz Abdulloh ibn Amrgina 
ko'proq bilar edi, chunki u yozishni bilardi, men esa bilmas edim».
Ibn Abbos bunday dedilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam (og'riq) kasallari 
zo'raygach: «Qog'oz keltiringiz (daftar-qalam), sizlarga biror narsa yozib beraman, keyin 
adashmaysizlar»,— dedilar. Hazrat Umar (yonidagi sahobalarga): «Rasululloh sollallohu 
alayhi va sallamni (og'riq) dard yengib qo'ydi, bizda Allohning Kitobi bor-ku, bizga shu 
kifoya qiladi»,— dedilar. Shunda sahobalar o'rtasida g'ovur-g'uvur boshlanib, gap 
ko'payib ketdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Meni xoli qo'yingiz (oldimdan 
chiqingiz), mening qoshimda janjal qilmangiz!» dedilar. Ibn Abbos tashqariga chiqib:
«Bu zo'r baxtsizlikdir, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning yozib beramen, degan 
narsalariga to'sqinlik qilmoq — zo'r baxtsizlikdir!» — deb aytdilar.

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling