Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Ka'baga piyoda borishni ahd qilgan kishi haqida


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet425/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   421   422   423   424   425   426   427   428   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

26-bob. Ka'baga piyoda borishni ahd qilgan kishi haqida
Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy1
sallallohu alayhi. va sallam 
ikki o'g'li qo'ltiqlab ketayotgan bir cholni ko'rib: «Bu kishiga ne bo'lgan?» - dedilar. 
O'g'illari: «Makkaga piyoda borishni ahd qilganlar»,- deb aytishdi. Janob Rasululloh: 
«Olloh taolo bu kishining azob chekishidan manfaatdor ermas, ulovga minib borsin!» - 
dedilar».
Uqba ibn Omir Juhoniy raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Singlim Baytullohga 
(Ka'baga) yayov borishga ahd qilib, Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan bu haqda fatvo 
so'rab bermog'imni iltimos qildi. Men Janob Rasulullohdan fatvo so'ragan erdim. «Yayov 
ham yursin, ulov ham minsin!»-dedilar».


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
MADINA FAZILATLARI HAQIDA KITOB 
1-bob. Madinaning muharram (muqaddas) ekanligi haqida
Anas raziyallohu anhu 'rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Madina 
shahri falon joydan falon yergacha muharram qilingandir, uning daraxtlari 
kesilmag'aydir va unda Qur'onga xilof ishlar qilinmag'aydir. Kimki quyushqondan chiqsa, 
unga Olloh, farishtalar va odamlarning la'nati bo'lsin!» -dedilar».
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Madinaga 
kelib, masjid qurmoqni amr qildilar. Keyin ul kishi: «Ey Baniy Najjor, menga baholab 
beringiz (ya'ni, bo'lajak masjid o'rni ikki yetim bolaniki erdi, uni sotib olmoqchilar)»,- 
dedilar. Ular (o'sha ikki yetim bola va ularning yaqin qarindoshlari): «Biz pul 
so'ramasmiz, Olloh yo'liga xayr qilg'aymiz»,-deyishdi. Lekin, Janob Rasululloh ularni 
baribir rozi qildilar. Keyin, Janob Rasulul,lohning farmonlariga binoan masjid o'rnidagi 
mushriklar qabri boshqa joyga ko'chirildi, xarobalar tekislandi, qibla tomondagi xurmolar 
kesildi».
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: 
«Madinaning ikki toshloq joyi oralig'idagi yerni (uni «harra», deb atashg'aydir) o'z tilim 
birlan muharram, deb e'lon qilg'ayman!» - dedilar. Keyin, Nabiy sallallohu alayhi va 
sallam Baniy Hadisa mahallasiga borib: «Ey Baniy Hadisa, sizlar (Madinaning) muharram 
ekanligini unutib, quyushqondan chiqqan ko'rinursizlar»,-dedilar, keyin chor atrofga 
qarab: «Balki undoq emasdir»,- deb qo'ydilar (o'shanda Amir Hamza shahid bo'lgan 
joyda turgan erdilar)». :
Ibrohim ibn Yazid Taymiy rivoyat qiladirlar: «AN raziyallohu anhu: «Bizda Ollohning 
Kitobi va Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan qolgan mana bu sahifadan bo'lak 
o'zimizga xos hech narsa yo'qdir» ,— deb Janob Rasulullohning o'sha sahifada bitilgan 
vasiyatlarini quyida bayon qildilar: «Madinaning Oir tog'idan falon joyigacha bo'lgan 
yerlar muharramdir, kimki o'shal muharram qilingan yerda islomga xilof ishlarni qilsa 
yokim biror bid'atchining yonini olib, joy berib hurmatlasa, unga Ollox, maloikalar va 
barcha odamlarning la'nati bo'lsin! Uning tavbasi ham, fidyasy (gunohni yuvmoq uchun 
beriladirgan to'lovi) ham qabul qilinmag'aydir». Hazrat Ali keyin bunday dedilar: 
«Mo'sulmonlarning yagona zimmasi (musulmonlar g'ayridinlarni o'z himoyasiga olib 
tuzgan shartnomasi) bor, kimki bu ahdnomani buzsa, unga Olloh, maloikalar va 
odamlarning la'nati bo'lsin! Uning tavbasi ham, fidyasi ham qabul bo'lmag'aydir, kimki 
(o'rtada ittifoq tuzilmagan) bir qavmni xojalaridan ijozatsiz o'ziga yaqin tutsa, unga ham 
Olloh, maloika va odamlarning la'nati bo'lsin! Uning tavbasi va fidyasi qabul 
qilinmag'aydir».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   421   422   423   424   425   426   427   428   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling