Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Madina fazilatlari haqida; odamlarning dilidagi qabohatni mahv qilmoq


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet426/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   422   423   424   425   426   427   428   429   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

2-bob. Madina fazilatlari haqida; odamlarning dilidagi qabohatni mahv qilmoq 
Madina fazilatlaridandir
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Menga bir qishloqqa (hijrat qilmoq)


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
amr qilindi, ul qishloq boshqa qishloqlardan ustundir. Ba'zilar (ya'ni, munofiqlar) uni 
Yasrib deyishg'aydir, vaholanki, ul Madina bo'lib, odamlarning kirini (gunohini) temir 
yuzidagi kuyukni dam (bosqon) qanday ketkizsa, shunday ketkizgaydir»,- dedilar.
3-bob. Madina - Tobadir
Abu Humayd raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan 
birga Tabuk g'azavotidan qaytdik. Madinaga yaqinlashganimizda Janob Rasululloh: «Bu 
Tobadir»,- dedilar.
4-bob. Madinaning ikki toshloq yeri
Sa'id ibn Musayyab rivoyat qiladirlar: «Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Agar Madinada 
o'tlab yurgan kiyikni ko'rsam, hurkitmay o'tib ketar erdim. Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam: «Madinaning ikki toshloq yeri o'rtasidagi joylar muharramdir»,- der erdilar»,- 
deb aytdilar.
5-bob. Madinani yaxshi ko'rmaganlar haqida
Sa'id ibn Musayyab quyidagi hadisni Abu Hurayra raziyallohu anhudan eshitgan 
erkanlar: «Madina sizlardan keyin yanada so'lim bo'lg'aydir,- dedilar Janob Rasululloh 
,— unda yovvoyi hayvonlargina yashashg'aydir. Eng oxiri Muzayna qabilasiga mansub 
ikki cho'pon tirik qolg'aydir. Ular Madina tomon qo'y haydab kelishganda ul yerda 
vahshiy hayvonlar to'lib yotganini ko'rishg'aydir. Saniyyat ul-Vido'ga yetganlarida ular 
ham yiqilg'aydirlar (ya'ni, o'lg'aydirlar)».
Abdulloh ibn Zubayr raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Yaman fath qiling'aydir ,— 
dedilar Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ,— qavmlar shosha-pisha mol-hollarini 
haydab, bola-chaqalari-yu xizmatkorlarini ergashtirib (Yamanga) kelishg'aydir, vaholanki 
Madina o'zlari uchun afzalroq erkanin bilmaslar, keyin Shorn fath qiling'aydir, qavmlar 
Madinani tashlab, shosha-pisha mol-hollarini haydab, bola-chaqalari-yu xizmatkorlarini 
ergashtirib bul yerga ham kelg'aydirlar, vaholanki Madina o'zlari uchun afzalroq erkanin 
bilmaslar, so'ng Iroq ham fath bo'lg'aydir, unga ham qavmlar bola-chaqalari-yu 
xizmatkorlarini ergashtirib kelishg'aydir, vaholanki Madinaning o'zlari uchun afzalroq 
erkanin anglashmag'aydir».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   422   423   424   425   426   427   428   429   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling