Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Madina gunohdan forig' qiladir


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet428/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   424   425   426   427   428   429   430   431   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

10-bob. Madina gunohdan forig' qiladir
Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir badaviy Nabiy sallallohu alayhi va sallam 
huzurlariga kelib, islomga bay'at qildi. Ertasiga ul bezgak tutib keldi-da: «Bay'atimdan 
qaytmog'imga ijozat beringiz!» - dedi. Janob Rasululloh qat'iy bosh tortib: «Madina, 
temirchining bosqoni (dami) temir yuzidagi kuyukni ketkazgandek, gunohlarni 
ketkazg'aydir»,- dedilar».
Zayd ibn Sobit raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam 
Uhud g'azotiga chiqqanlarida ba'zi sahobalar orqaga qaytib ketishdi. Janob Rasululloh 
birlan birga qolgan sahobalarning ba'zilari ularni «o'ldirg'aymiz»,- deyishsa, ba'zilari 
«o'ldirmasmiz»,- deyishdi. Shunda, «Munofiqlar xususida nega ikki taraf bo'lib 
oldingizlar?!» degan oyat nozil bo'ldi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam sahobalarga


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
qarab: «Bu (Madina) temirchining bosqoni (dami) temir kuyukini ketkazgani yanglig' 
odamlar qabohatini ketkazg'aydir»,- dedilar».
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Yo 
parvardigor-o, Madinaga Makkaga bergan barkotingdan ikki barobar ko'p barakot 
berg'aysen!» - dedilar».
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam safardan 
qaytayotib, uzoqdan Madina devorlarini ko'rishlari bilanoq, tuyalarini tezlashtirar erdilar, 
Madinani shu qadar yaxshi ko'rar erdilar».
11-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallam Madinaning huvillab qolmog'ini 
yoqtirmaganlar
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Baniy Salama qabilasi Masjid un-Nabiyga 
yaqinroq yerga ko'chib kelmoqchi bo'ldi. Shunda, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 
«Ey Baniy Salama, oxiratdan umid qilmasmisizlar?!»-deb erdilar, ular joylarida 
qolishdi...
12-bob.
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: 
«Mening hujram birlan minbarim oralig'ida jannat bog'laridan biri joylashg'aydir, 
minbarim ersa, Havzi Kavsar ustida bo'lg'usidir»,- dedilar».
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
Madinaga kelganlarida Abu Bakr birlan Bilol isitmalab qolishdi. Abu Bakr isitma 
zo'riqqanda: «Uyimda bo'lsaydim jon chiqar mahal,
Poyabzal ipidan yaqindir a j a I» ,— der erdilar. Bilol ersa, isitma bir oz pasayganda, 
yig'lab:
«Taqdirim ne erur, bilmasman, e voh,
Boshimga ajaldin kelurmu sipoh?
Bir kecha bo'lsa ham, ona vodiyim,
Qo'ynida yotsaydim, mehribon Olloh!
Qonib ichsam erdim, shaffof suvlarin,
Qaniydi, tashlasam, unga bir nigoh!»-
der erdilar. Bilol yana bunday der erdilar: «Yo parvardigor-o, vabo bizni yurtimizdan 
quvgandek, Shayba ibn Robi'a, Utba ibn Robi'a va Umayya ibn Xalafni la'natlab, 
quvgin!» Janob Rasululloh Ollohga iltijo qilib bunday . der erdilar: «Yo Olloh, bizga 
Madinani Makka singari yokim undan ham ortiqroq mahbub etg'il! Yo Olloh, uning toshu- 
tarozusiga baraka ber, ahlini salomat qil, mana bularning bezgagini ersa, Juhfaga 
ko'chirg'il! (Juhfa Misrda bo'lib, uning aholisi mushrik erdi).
Oisha onamiz bunday deydilar: «Biz Madinaga keldik. Bu yerda tez-tez vabo chiqib turar 
erdi. Madina vodiylari bo'ylab ersa, oqin suvlar oqib turar erdi».
Zayd ibn Aslam otalari Aslamdan eshitib rivoyat qiladilar: «Umar raziyallohu anhu: «Ey 
Olloh, o'z yo'lingda shahid bo'lmoqni va Raflulloh sallallohu alayhi va sallamning 
shaharlarida (Madinada) jon taslim etmoqni menga nasib aylag'il!»-der erdilar».


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   424   425   426   427   428   429   430   431   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling