Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
RO'ZA KITOBI
1-bob. Ramazonda ro'za tutmoqning farz ekanligi haqida Bu xususda Olloh taolo bunday deydir: «Ey mo"minlar! Sizlardan avval o'tgan bandalarga farz qilingani yanglig', sizlarga ham ro'za tutmoq farz qiling'aydir. Shoyadki, sizlar taqvo qilsangizlar!» Talha ibn Ubaydulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir badaviy sochlari to'zigan holda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam huzurlariga kelib dedi: «Yo Rasululloh! Menga xabar beringiz, Olloh menga qaysi namozlarni farz qilgan?» Janob Rasululloh: «Bir kecha-kunduzda besh vaqt namozni farz qilgan, biroq bunga qo'shimcha tarzda xohlaganingcha nafl (ixtyyoriy namoz) o'qimog'ing mumkin».- deb javob berdilar. Badaviy: «Xabar beringiz, Olloh menga qaysi ro'zani farz qilgan?»- deb so'radi. «Ramazon oyining ro'zasini tutmoqni, biroq bunga qo'shimcha tarzda bir oz nafl ro'za tutmog'ing mumkin»,- dedilar Janob Rasululloh. U yana so'radi: «Xabar beringiz, Olloh menga nimalar uchun zakot bermoqni farz qilgan?» Rasululloh sallallohu alayhi va sallam unga islomda zakot biriladirgan mollar qaysilar va ular qaysi miqdorga yetganda qanchadan va kimlarga berilishi haqida xabar berdilar. Badaviy: «Sizni mukarram qilgan xudo haqqi-hurmati, qasam ichib ayturmenkim, Olloh menga farz qilgan amali solihlarni ko'paytirmasman ham, kamaytirmasman ham»,- dedi. «Agar bul kishi qavlida mustahkam bo'lsa, najot topg'usidir (yokim «jannatga kirgaydir» ,— dedilar shekilli)» ,— dedilar Janob Rasululloh». Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu aytadirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Muharram oyining o'ninchi kuni ro'za tutar erdilar va boshqalarni ham shul kuni ro'za tutmoqqa buyurar erdilar. Ramazon oyining ro'zasi farz qilingandan so'ng, Muharram oyida tutadirgan ro'zani tark etdilar». Abdulloh ibn Umarning o'zlari ham Ramazonda ro'za tutmoq farz qilingandan keyin Muharram oyida ro'za tutmoqni tark etdilar. Ammo, nafl ro'za Muharramning o'shgachi kuniga to'g'ri kelsa, tutar erdilar. Oisha raziyallohu anho aytadirlar: «Johiliya davrida (ya'ni, islomdan avval) Quraysh qavmi Muharramning o'ninchi kuni ro'za tutar erdi. So'ng (ya'ni, islom dini barpo bo'lgandan so'ng), Janob Rasululloh Ramazonda ro'za tutmoqni buyurib: «Xohlagan kishi Muharram oyining o'ninchi kuni ro'za tutsin, xohlamagan kishi tutmasin»,- dedilar». Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling