Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Ro'za tutuvchilarning jannatga Rayyon nomli maxsus eshik orqali


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet431/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   427   428   429   430   431   432   433   434   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

4-bob. Ro'za tutuvchilarning jannatga Rayyon nomli maxsus eshik orqali 
kirishlari xususida
Sahl raziyalloku anhu rivoyat qiladirlar: «Jannatda Rayyon nomli bir eshik bordir,- 
deydilar Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam,- bul eshikdan ro'zani kanda qilmay 
tutganlargina kirg'aydirlar, xolos. Qiyomat kuni «Ro'zadorlar qani!» deb nido qiling'aydir. 
Shunda, ular o'rinlaridan turib mazkur eshikdan kirishg'aydir. So'ng, eshik yopilg'aydir. 
Ulardan boshqa birorta odam bu eshikdan kira olmas».
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 
«Kimki Olloh yo'lida nimaiki bo'lsa ham, bir juftdan (ikki dinor, ikki dirham, ikki ko'ylak, 
ikki do'ppi) ehson qilsa, jannat eshiklaridan «Ey Ollohning bandasi, bu qilgan ishing 
xayrlik ishdir!» deb ichkariga da'vat qilyng'aydir. Kimki namozxonlardan bo'lsa, 
namozxonlar kiradirgan eshikdan, kimki jihod qilganlardan bo'lsa, jihod qilganlar 
kiradirgan eshikdan, kimki ro'za tutgan bo'lsa, Rayyon nomli eshikdan, kimki ehson 
qilganlardan bo'lsa, ehson qilganlar kiradirgan eshikdan chaqirilg'aydir»,- dedilar. Abu 
Bakr raziyallohu anhu so'radilar: «Otam-onam fidoyingiz bo'lsin, yo Rasululloh! Bir 
eshikdan kiradirgan bo'lganimdan keyin, hamma eshikdan chaqirilmog'imning ne hojati 
bordir? Hamma eshiklardan chaqirilg'aymi?». Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 
«На»,- deb javob berdilar, so'ng: «,Men sizni hamma eshikdan chaqiriladigan 
bandalardan bo'lmog'ingizni istag'aydirmen!» - dedilar».


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
5-bob. Ramazonmi yo Ramazon oyimi? «Unday desa ham bo'ladir, bunday desa 
ham bo'ladir»,- degan kishi haqida
Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Ramazon ro'zasini Ramazon oyi kelmasdan burun 
tutmangiz!» - deb aytganlar.
Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar Ramazon 
oyi kirsa, jannatning eshiklari ochilg'aydir»,- deb aytganlar»,-deydilar.
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 
«Agar Ramazon kirsa, osmon eshiklari ochilib, do'zax eshiklari berkitilg'aydir hamda 
shaytonlar kishanlang'aydir»,- deganlar».
Ibn Umar raziyallohu anhu: «Men Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning 
«Ramazonda osmonda oyni ko'rganingizdan keyingina ro'za tutmoqni boshlangiz
Shavvol oyi kirgach, ro'za tutmoqni bas qilingiz. Agar oyni bulut to'sib qo'ygan bo'lsa-yu, 
siz uni ko'ra olmasangiz, unda Sha'bon oyining o'ttiz kunini to'la o'tkazib, so'ng ro'za 
tutingizlar!» - deganlarini eshitganman»,- deydilar.

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   427   428   429   430   431   432   433   434   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling