Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Kimki Ramazon ro'zasini iymon-e'tiqod bilan, qanoat va ishonch bilan


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet432/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   428   429   430   431   432   433   434   435   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

6-bob. Kimki Ramazon ro'zasini iymon-e'tiqod bilan, qanoat va ishonch bilan, 
yaxshi niyat qilib tutsa...
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam yaxshilik 
qilishda hammadan ham saxiyroq erdilar. Xususan, Ramazon oyida, Jabroil alayhissalom 
birlan uchrashganlarida, yana ham saxovatlari oshib ketg'ay erdi, chunki Janob 
Rasululloh to Ramazon tugaguncha, kechalari Jabroil alayhissalom birlan uchrashib, 
Qur'onni o'qib berar va o'zlarini imtihon qildirar erdilar. Hamisha ul Janob, Jabroil 
alayhissalom ila uchrashsalar, yaxshilik qilishga bo'lgan saxovatlari kuchli shamoldan 
ham tezlashib ketar erdi».
7-bob. Kimki ro'zada yolg'onchiligini qo'ymasa va Olloh qaytargan narsalardan 
qaytmasa...
Kimki yolg'on so'zlamoqni tark etmasa va Olloh qaytargan narsalardan qaytmasa, ro'za 
tutib, yemay-ichmay qo'ygani birlan ro'zasi qabul bo'lmag'aydir. Olloh unga rahmat 
nazarini tashlamag'aydir.
8-bob. Ro'za tutgan kishini haqorat qilishsa «Men ro'zadorman», deb 
aytadirmi?
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
bunday deganlar: «Olloh taolo: «Bandalarimning odamlar ko'zi tushgulik barcha 
qiladirgan ishlari (namoz o'qimoqlari, xayr-ehson qilmoqlari, zakot bermoqlari) o'zlari 
uchundir, tutadirgan ro'zalari ersa, men uchundir (Xudo uchun bo'lmaganda erdi, 
yashirincha yeb-ichib olmoq mumkin erdi, chunkim uni hech kim ko'rmag'aydir), 
binobarin, uning mukofotini o'zim berg'aydirmen»,- deydir. Ro'za do'zax o'tidan 
saqlovchi vositadir, agar sizlardan birortangiz ro'zador bo'lsangiz, gunoh bo'ladirgan 
so'zlarni so'zlamangiz, birov birlan janjallashmangiz, agar birov haqorat qilsa yokim 
urishsa, men ro'zadormen, deb aytingiz. Ollohga qasam ichib ayturmenkim, ro'zadorning 
og'zidan keladirgan bo'y Ollohning nazdida mushkdan ham xushbo'yroqdir! Ro'zador ikki


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
bor xursand bo'lur, biri - og'iz ochganda (ya'ni, iftor qilganda), ikkinchisi - ro'za tutib, 
yorug' yuz birlan Ollohga yo'liqqanda!»

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   428   429   430   431   432   433   434   435   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling