11-bob. Ikkala hayit oylarining kunlari teng bo'ladir
Imom Buxoriy: «Basharti ikkala hayit oylarining kunlari (o'ttiz kundan) kam bo'lganda
ham, savobi to'liqdir, ikkala oy ham baravariga kam kelmog'i mumkin ermas!» —
deydirlar.
Abdurrahmon ibn Abu Bakra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu
alayhi va sallam: «Ikki oy bir xil, ular o'ttiz kundan kam bo'lmag'aydir, biri — Ramazon
oyi, ikkinchisi — Zulhijja oyidir»,— deydirlar».
12-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Biz yozmag'aymiz ham,
hisoblamag'aymiz ham», deganlari haqida
Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam:
«Ko'pchiligimiz ummiy (o'qimoq va yozmoqni bilmaydirgan) jamoadirmiz. Shul
sababdan, biz arab jamoasi yozmoqni ham, yulduzlarga qarab hisoblamoqni ham va
ularning qay tartibda harakat qilmog'ini ham bilmasmiz, buning o'rniga qiladirgan
ibodatlarimizning vaqtlarini shundoq aniq va ko'zga ko'rinadirgan qilib belgiladikkim, bu
belgilarni bilishda va hisob-kitob qilishda ummiylar ham, boshqalar ham birdir»,— deb,
ikki muborak qo'llarining barmoqlari ila mana bunday va mana bunday qilib, bir gal
yigirma to'qqiz va bir gal o'ttiz raqamini ko'rsatdilar».
13-bob. Ro'zani, har ehtimolga qarshi, bir-ikki kun ilgari tutmaslik haqida
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alaihi va sallam:
«Hech kim ehtiyot yuzasidan Ramazondan bir yokim ikki kun ilgari ro'za tutmasin,
ro'zani Ramazonda yangi oy chiqqanini ko'rib, so'ng tutsin, ammo haftaning ma'lum
kunlari doimo nafl ro'za tutib yurgan odam ro'zasi Ramazonning dastlabki kunlariga
to'g'ri kelib qolsa, tuta bersin»,— deb aytganlar».
14-bob. Olloh taoloning «Sizlarga Ramazon kechasida xotinlar ila jinsiy aloqa
etmoqlik halol qilindi» degan oyati kariymasi xususida
Barro raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Muhammad sallallohu alayhi va sallamning
sahobalaridan birortasi ro'zador holda iftorga kelsa-yu, lekin iftor qilmay, uxlab qolsa, to
ertasi kuni kun botguncha unga yemoq ham, ichmoq ham, jinsyy aloqa ham mumkin
ermas erdi (Ramazon ro'zasini tutmoq farz bo'lgan dastlabki davrlarda shundoq erdi).
Qays ibn Sarmat al-Ansoriy degan sahoba ro'za erdilar. Iftor vaqti bo'lganda
xotinlarining oldiga kelib, «Yegani biror narsang bormi?» — deb so'radilar. Xotinlari:
«Yo'q, lekin siz uchun biron yeguliktopib kelg'ayman»,— dedi. Lekin, kuni bilan
ishlaganliklari sababli, charchab, ko'zlari uyquga ketdi. Xotinlari kelib qarasalar, iftor
qilmay uxlab qolibdirlar. Shunda xotinlari: «Iftordan mahrum bo'libsiz-ku!» — dedilar.
Qays ibn Sarmat ertasiga ham ro'zani davom ettirdilar. Kun yarim bo'lgan paytda
ochlikdan hushdan ketib qoldilar. Keyin, bu voqeani Nabiy sallallohu alayhi va sallamga
aytib berishdi. Shunda, «Sizlarga Ramazon kechasida xotinlar ila jinsiy aloqa etmoqlik
halol qilindi» degan oyat nozil bo'ldi. Bundan sahobalar juda xursand bo'ldilar. So'ng,
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
«Oq ipni qora ipdan ajratadirgan bo'lguncha (ya'ni, tong yorishay deguncha) yeb-
ichingizlar!» degan oyat ham nozil bo'ldi».
Do'stlaringiz bilan baham: |