Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
19-bob. Saharlikka turmay, ro'zani ikkinchi kunga ulab yuborish majburiy
ermas
Nabiy sallallohu alayhi va sallam va sahobalar (ba'zan) saharlik qilmay, ro'zani ikkinchi
kunga
ulab yuborar erdilar, saharlik qilmoq eslariga kelmas erdi.
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va
sallam (ba'zan) saharlik qilmay, ro'zani ikkinchi kunga ulab tutaverar erdilar.
Boshqalar
ham shundoq qilg'aymiz, deb ancha qiynalib qolishgach, Rasululloh sallallohu alayhi va
sallam ularga bu tariqa ro'za tutmoqni man' qildilar. Odamlar: «O'zingiz shunday ro'za
tutmoqdasiz-ku?!»- deyishganda, Janob Rasululloh: «Mening
ahvolim sizlarning
ahvolingizdan yaxshidir, chunkim menga yegan va ichganning quvvati berib
turilgaydir»,- dedilar».
Anas ibn Molik raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Saharlik qilingiz,
chunkim saharlik qilishda barakot bordir!» - deganlar»,-deb rivoyat qiladirlar.
20-bob. Kunduzi «ro'zaman», deb niyat qilsa...
Ummu Dardo' rivoyat qiladirlar: «Abu Dardo': «Yeyishga ovqatlaring bormi?»-deb
so'rardilar, shunda biz: «Yo'q»,- desak, «Bo'lmasa, men bugun ro'zaman»,-deb niyat
qilingiz»,- derdilar.
Abu Talha, Abu Hurayra, Ibn Abbos va Huzayfa raziyallohu, anhular
ham shunday qilishar erdi (ya'ni, yegulik hech narsa bo'lmasa,
kunduzi niyat qilib, ro'za
tutishaverardi)».
Salama ibn Akva' raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va salLam
Muharram oyining o'ninchi kuni: «Kimki bugun biror,narsa yegan bo'lsa,
boshqa hech
narsa yemasin, ammo biror narsa yemagan bo'lsa, kunning qolgan qismida ham yemay,
ro'za tutsin! », -deb odamlarga xabar qilmoqni topshirar erdilar».
Do'stlaringiz bilan baham: