Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Ro'za tutgan odam jimo'dan so'ng g'usl qilib ro'zasini davom ettirsa


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet437/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   433   434   435   436   437   438   439   440   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

21-bob. Ro'za tutgan odam jimo'dan so'ng g'usl qilib ro'zasini davom ettirsa...
Oisha va Ummu Salama raziyallohu anhumo: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
xotinlari birlan yaqinlik qilganlarida tong otib qolardi. Shunda, Janob Rasululloh g'usl 
qilib, ro'za tutishni davom ettiraverardilar»,- deb aytishdi. Abdurrahmon ibn Haras 
ushbu hadisni Madina hokimi Marvonga aytib berganida, «Buni Abu Hurayraga aytib, uni 
bir mulzam qilmaydirsanmi?» - dedi (chunki, Abu Hurayra: «(Kechasi) jimo' qilgan kishi 
ro'zasini davom ettirmog'i durust ermas»,-deb yurar erdilar). Marzonning: «Abu 
Hurayrani bir mulzam qilmaydirsanmi?» -degan gapi Abdurrahmonga yoqinqiramadi. 
Abdurrahmon bunday deydilar: «Men Zulhulayfa degan joyda Abu Hurayra birlan 
uchrashib qoldim. Shunda, mazkur hadisni ul kishiga aytib berdim-da, «Menga Marvon 
buyurmaganda, aytmas erdim»,-dedim. Abu Hurayra menga javoban: «Nahs odamning 
ro'za tutishni davom ettirmog'i durust ermas», degan hadisni menga Ibn Abbos aytib 
bergan erdi, ul kishi ersa, hammamizdan ko'ra bilimdonroqdirlar»,- dedilar».
Abu Hurayra raziyallohu anhu Humom va Ibn Abdulloh ibn Umarga: «Nabiy sallallohu
alayhi va sallam: «(Kechasi) nahs bo'lib qolgan odam (o'sha kuni) ro'za tutmasligi
lozim»,- deb buyurar erdilar»,- degan ekanlar.


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
22-bob. Ro'zador kishining badani xotinining badaniga tegishi mumkin
Oisha onamiz: «Ro'zador kishi xotinining avratigagina yaqinlashmasligi lozim»,- 
deydilar.
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam ro'za bo'la 
turib, ayollarini o'par erdilar, muborak badanlari ularning badanlariga tegar erdi, lekin ul 
Janob o'z nafslarini sizlardan ko'ra, ko'proq tiya bilgan odam erdilar (ammo, o'z nafsiga 
kuchi yetmaydiganlarning ro'za tutgan holda xotiniga bunday muomalada bo'lmog'i 
xatarlidir)».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   433   434   435   436   437   438   439   440   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling