Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Ro'zador kishining o'z ayolini o'pmog'i haqida
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 24-bob. Roza tutgan odamning gusl qilmogi haqida
23-bob. Ro'zador kishining o'z ayolini o'pmog'i haqida
Jobir ibn Zayd: «Agar ro'zador kishi o'z xotiniga muhabbat ila qarasa-yu, tahorati sinsa, ro'zasini davom ettiraverg'aydir»,- deydirlar. Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ro'za tutgan hollarida ba'zan xotinlarini o'par erdilar»,- dedilar-da, kulib qo'ydilar. Ummu Salama raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan bir to'shakda yotgan erdim, to'satdan hayz ko'rib qoldim. Shunda, Janob Rasulullohning bag'rlaridan sekingina chiqib ketdim. Janob Rasululloh: «Nima, hayz bo'lib qoldingmi?»-dedilar. Men: «На»,- dedim-da, kiyimlarimni almashtirib, yana to'shakka kirdim». Ummu Salama va Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikkalalari ham nahs bo'lib qolganlarida bir idishdan g'usl qilar erdilar. Janob Rasululloh ro'za bo'lsalar ham Ummu Salamani o'par erdilar. 24-bob. Ro'za tutgan odamning g'usl qilmog'i haqida Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu ro'za tutgan bo'lsalar ham, bir ko'ylakni xo'llab, o'z ustlariga tashlab qo'ymoqni buyurdilar. Imom Sha'biy ro'za tutgan bo'lsalar ham hammomga kirdilar. Ibn Abbos: «Kishi ro'za bo'la turib qozondagi taomning tuzini tili birlan tatib ko'rib, ichiga yutmasdan tuflab tashlasa, zarari yo'qdir»,- deydirlar. Hasan Basriy: «Ro'zador kishi og'ziga suv olib, chayqab tashlasa, suv birlan badaniga orom bersa bo'lur»,- deydilar. Ibn Mas'ud: «Qaysi biringiz ro'za tutsangiz, badaningizga xushbo'y narsalardan surtib, o'zingizga oro beringiz!»- deb tavsiya qiladirlar. Anas raziyallohu anhu: «Menda bir katta idish bor, unga suv to'ldirib, ro'za bo'lishimga qaramay, ichiga tushib olg'ayman»,-deydilar. Janob Rasululloh ro'za tutgan paytlarida ham misvok birlan tishlarini tozalar erdilar, deyishadi. Ibn Umar: «Ro'zador odam ertalab va kechga yaqin misvok birlan tishini tozalamog'i mumkin»,- deydilar. Ato raziyallohu anhu: «Ro'zador odam tupugini yutsa, ro'zasi ochilg'aydir. demasman»,- deydilar. Ibn Sirin: «Ro'zador odam misvok ishlatsa, zarari yo'qdir»,- deb aytdilar. Shunda ul kishiga: «Misvok nam bo'lgach, og'izga uninG mazasi chiqadir-ku!» - deyishdi. Ibn Sirin: «Ro'zador bo'la turib suv birlan og'iz chayqaladir-ku, unda ham maza bor-ku!»-deb javob qildilar. Anas va Hasan Basriy: «Ro'zador odam surma ishlatsa, zarari yo'qdir»,- deyishadi. Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Ramazonda subh vaqtida bulg'anib qolar erdilar. So'ng, g'usl qilib, ro'za tutishni davom ettiraverardilar». Abu Bakr ibn Abdurrahmon rivoyat qiladirlar: «Otam birlan birga Oisha raziyallohu anhoning uylariga kirdik. Shunda Oisha onamiz: «Qasam ichib ayturmenkim, Janob Rasululloh jinsiy yaqinlik qilmay turib, nahs bo'lib qolganlarida (bulganib qolganlarida) g'usl qilardilar-da, ro'za tutishda davom etaverardilar»,- deb aytdilar. So'ng, biz Ummu Salama oldilariga kirdik, ular ham Oisha onamiz aytgan gaplarni aytdilar». Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling