Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning «Birortangiz tahorat qilsangiz


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet440/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   436   437   438   439   440   441   442   443   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

27-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning «Birortangiz tahorat qilsangiz, 
albatta dimog'ingizga suv olib chayqangiz!» deganlari hamda bunda ro'zador 
bkrlan ro'za tutmaganlarni ajratmaganlari haqida
Hasan Basriy: «Ro'zador dimog'iga dori quysa-yu, tomog'iga ketib qolmasa, zarari 
yo'qdir hamda ro'zador surma qo'ysa ham bo'lur», - deydilar. Ato raziyallohu anhu: 
«Ro'zador og'ziga suv olib, chayqab tashlasa-yu, tupugi va og'zida qolgan suvni yutib 
yubormasa, zarari yo'kdir. Ro'zador saqich chaynamasligi kerak, mobodo saqich 
chaynasa-yu, so'lagini yutsa, ro'zasi ochilg'aydir, demasman»,- deydilar. Lekin, 
ko'pchilik ulamolar saqich chaynaganda chiqadirgan so'lakni yutmaslik kerakligini aytib, 
«Ro'zador dimog'ini chayqaganda tomog'iga suv ketsa, zarari yo'qdir, chunkim ul 
tomog'iga ketayotgan suvni qaytarishga qodir ermas»,- deyishadi.
28-bob. Ramazonda xotini bilan yaqinlik qilsa...
Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Kimki Ramazonda kasal bo'lmay turib, uzrsiz bir kun 
ro'za tutmasa, o'sha uzrsiz ro'za tutmagan bir kun evaziga umr bo'yi ro'za tutsa ham
Ramazondagi bir kunlik ro'zaning savobiga erisha olmaydir»,- deydilar. Ibn Mas'ud ham 
xuddi shunday degan ekanlar. Sa'id ibn Musayyab, Sha'biy, Ibn Jubayr, Ibrohim Qatoda 
va, Hammodlar: «Uzrsiz tutilmagan bir kunlik ro'za evaziga yana bir kun qo'shimcha 
ro'za tutg'aydir»,- deydilar.
Abdulloh ibn Zubayr quyidagi hadisni Oisha raziyallohu anhodan eshitgan ekanlar: «Bir 
kishi Nabiy sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib, «Men o'zimni o'zim 
kuydirdim!» - dedi. Janob Rasululloh: «Ne qilding?» -dedilar. Boyagi kishi: «Men 
Ramazonda kunduzi xotinimga yaqinlik qilib qo'ydim», -dedi. Shu payt, Nabiy sallallohu 
alayhi va sallamga bir katta zambilda xurmo keltirib qolishdi. Shunda, Janob Rasululloh: 
«Boyagi o'zini o'zi kuydirgan kishi qani?» - deb so'radilar. «Men shu yerdaman»,-dedi u. 
Janob Rasululloh: «Qilgan gunohingni yuvmok; uchun (kafforat uchun) mana shul 
xurmoni odamlarga ehson qilg'il!» - dedilar».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   436   437   438   439   440   441   442   443   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling