Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Agar kishi Ramazonda bir necha kun ro'za tutib, so'ng safarga chiqsa
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 35-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning «Jazirama issiqda safarga chiqqan odamning roza tutmogi yaxshi ermas» deganlari haqida
- 36-bob. Nabiy sallallohu alayqi va sallamning sahobalari bir-birlariga roza xususida tana qilishmas erdi
- 37-bob. Safarda roza tutgan kishining «Odamlar mendan ibrat olsin», deb oshkora ogiz ochganligi haqida
33-bob. Agar kishi Ramazonda bir necha kun ro'za tutib, so'ng safarga chiqsa...
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ramazonda Makkaga safar qildilar. Shunda, Kadid degan joyga kelguncha ro'za tutdilar, undan so'ng ro'za tutmadilar. Buni ko'rgan odamlar ham ro'za tutmay qo'yishdi». 34-bob. Abuddardo' raziyallohu anhu rivoyatqiladirlar: «Odamlar qo'llarini boshlariga soyabon qiladirgan darajada havo isib ketadigan paytlarda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga safarga chiqar erdik. Bunday safarlarda Janob Rasululloh va Ibn Ruvohadan boshqa hech kim ro'za tutmas erdi». 35-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning «Jazirama issiqda safarga chiqqan odamning ro'za tutmog'i yaxshi ermas» deganlari haqida Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam safar chog'ida bir to'da kishilarning kimnidir Quyoshdan pana qilmoqqa urinishayotganini ko'rib: «Ne qilmoqdasizlar?» - dedilar. Shunda, ular boyagi kishining ro'zador ekanligini aytishdi. Janob Rasululloh: «Safarda ro'za tutmoq yaxshi ermas»,- dedilar». 36-bob. Nabiy sallallohu alayqi va sallamning sahobalari bir-birlariga ro'za xususida ta'na qilishmas erdi Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga safarda erdik. Ayrimlarimiz ro'za tutgan va ayrimlarimiz ro'za tutmagan erdik. Shunda, ro'za tutmagan kishiga «Nega tutmag'aysan?», deb yoki tutgan kishiga «Nega safarda ro'za tutg'aysan?», deb ta'na qilmas erdik». 37-bob. Safarda ro'za tutgan kishining «Odamlar mendan ibrat olsin», deb oshkora og'iz ochganligi haqida Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ramazon oyida Makkaga qarab safarga chiqdilar. Asfon degan yerga yetguncha necha kun ketgan bo'lsa, shuncha kun ro'za tutdilar. O'sha yerga yetgandan so'ng, Janob Rasulo'lloh suv keltirmakni buyurdilar. Suv keltirishgach, odamlar ko'rsin, deb ataylab baland ko'tarib ichdilar. Keyin, Makkaga yetguncha ro'za tutmadilar. Bu voqea Ramazonda bo'lgandi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam safarda ko'pincha ro'za tutardilar va ba'zan tutmay ham yurardilar. Shuning uchun bu galgi safarimizda xohlagan ro'za tutdi, xohlamagan tutmadi». Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 38-bob. Ibn Umar va Salama ibn al-Akva': «Olloh taoloning «Ro'za tutmoqqa qurbi yetadirgan kishilar ro'za tutmasalar, bir kunlik ro'za evaziga bir miskin to'yadirgan taom bersinlar!» degan oyatini uning keyingi - «Kimki Ramazon oyi kelgach, ro'za tutmoqqa qodir bo'lsa, ro'za tutsin... », degan oyati bekor qilgan»,- deyishadi. Muhammad sallallohu alayhi va sallamning sahobalari - Abu Laylo bunday deydilar: «Ramazon oyida ro'za tutmoq haqidagi oyat nozil bo'lganda biz ro'za tutmoqqa juda qiynaldik, shunda ro'za tutmoqqa qodir bo'lmaganlarga bir kunlik ro'za o'rniga bir miskin to'yadirgan miqdorda fidya (to'lov) bermakka ruxsat etildi. Keyinchalik ersa, «Ro'za tutganingiz taom berganingizdan afzalroqdir!» degan oyat nozil bo'lib, avvalgi oyatni bekor qildi va bizga ro'za tutmoq buyurildi». Nofi' rivoyat qiladirlar: «Ibn Umar raziyallohu anhu: «Ro'za tutmaganlar har kungi ro'zasi uchun bir miskin to'yadirgan taom bersin!» degan oyatni o'qib, « Bu oyat bekor qilingan»,- dedilar». 39-bob. Ibn Abbos: «Agar kishi bir necha kun ro'za tuta olmagan bo'lsa, Ramazon oyidan so'ng tutsa ham bo'lur, uzluksiz bo'lmog'i shart ermas. Chunki Olloh taolo: «Tuta olmagan ro'zalaringizni boshqa kunlarda tutib berg'aydirsizlar, degan»,-deydilar. Sa'id ibn Musayyab: «Ro'zaning qazosi Zulhijja oyining o'ninchi kunigacha tutilgani yaxshiroq, chunki kelgusi Ramazon oyigacha tutilmay qolib ketsa, yaxshi ermas»,- deydilar. Ibrohim: «Kishi Ramazon oyida beparvo bo'lib, ro'za tutmasa, keyingi Ramazon oyi kelganda har ikkalasini bir qilib tutishi kerak bo'ladi, qazo bo'lgan ro'za uchun fidya bermoq yaxshi ermas»,- deydilar. Abu Hurayra va Ibn Abbos: «Ramazon oyi kelganda kimki ro'za tutolmay qolsa, qazo bo'lgan ro'zasi evaziga bir miskin (kambag'al, bechora) to'ygudek taom bermog'i kerak»,- deganlar. Imom Buxoriy ersa: «Olloh taolo qazo qilingan ro'zalar o'rniga taom bermoqni ermas; balkim ro'za tutib bermoqni amr qilgan»,- deydilar. Abu Salama rivoyat qiladirlar: «Oisha raziyallohu anho: «Ramazonda tuta olmagan ro'zalarimning qazosini to Sha'bon oyi kelmaguncha tuta olmas erdim»,-dedilar. Chunkim, Janob Rasululloh ham Sha'bon oyida ro'za tutar erkanlar. Yahyo: «Ul kishining Sha'bon oyigacha ro'za tuta olmasliklariga sabab Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan mashg'ul erkanliklaridadir»,- deydilar». Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling