Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
zarur ekanligini bilmasa, ammo, ro'za tutgan kishiga ogiz
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 51-bob. Shabon oyida roza tutmoq haqida
zarur ekanligini bilmasa, ammo, ro'za tutgan kishiga ogiz
ochishdan ko'ra, ro'za tugan afzalroq bo'lsa... Abu Juhayfa rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Salmon bilan Abuddardo'ni o'zaro aka-uka tutintirib qo'ydilar. Shundan so'ng, Salmon Abuddardo'ni ko'rgani uylariga borsalar, Abuddardo'ning xotinlari Ummuddardo' eski kiyim kiyib olgan erkanlar. Salmon: «Sizga ne bo'ldi, bunchalik xarob kiyim kiyib olibdirsiz?»-deb so'radilar. Ummuddardo': «Birodaringiz Abuddardo'ning dunyoni suv bossa, to'piqlariga chiqmag'aydir»,- dedilar. Salmon gap nimada ekanligini fahmlab, Abuddardo' kelganlarida u kishiga ovqat tutib edilar: «Men ro'zaman, yemasmen»,- dedilar. Salmon: Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy «Agar siz bu taomdan yemasangiz, men ham yemasmen»,- dedilar, Abuddardo' nochor yedilar. Kechasi Abuddardo' uyqudan uyg'onib, ibodat qilmoqchi bo'lib erdilar, Salmon: «Yotingiz!»- dedilar, u kishi yotdilar, bir ozdan keyin yana turmoqchi bo'lib edilar, yana: «Yotingiz!»-dedilar, u kishi yana yotdilar. Tong otay deb qolganda, Salmon: «Mana endi turingiz!» -dedilar-da, o'zlari ham turib, birgalashib namoz o'qidilar. So'ng, Salmon Abuddardo'ga: «Sizda rabbingizning ham, o'zingizning ham, oilangizning ham haqqi bordir, sizning ularning birortasining ham haqqiga xiyonat qilmoqqa haddingiz yo'qdir!» - dedilar. Keyin, Abuddardo' bu voqeani Janob Rasulullohga aytib berganlarida, ul kishi: «Salmon to'g'ri aytibdir»,- dedilar». 51-bob. Sha'bon oyida ro'za tutmoq haqida Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ro'zani shunchalik maromiga yetkazib tutar erdilarki, biz hatto ul kishi har doim ro'za bo'lsalar kerak, derdik. Ro'za tutmagan paytlarida ersa, endi sira ham ro'za tutmasalar kerak, deb o'ylardik. Janob Rasulullohning Ramazon oyidan boshqa oylarda to'liq ro'za tutganlarini ko'rmadim. Sha'bon oyidan boshqa oylarda ham to'liq ro'za tutganlarini ko'rmaganman». Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Sha'bon oyidan boshqa oylarda ko'p ro'za tutmas erdilar, chunki Sha'bon oyida to'liq ro'za tutar erdilar. Janob Rasululloh: «Qurbingiz yetadirgan ishni qilingiz, sizlarga malol kelmasa, Ollohga ham malol kelmag'aydir»,- der erdilar. Rasululloh qisqa bo'lsa ham, kanda qilmay namoz o'qimoqni yaxshi ko'rar erdilar. Agar nafl namoz o'qimakni odat qilgan bo'lsalar, uni ham kanda qilmay o'qir erdilar». Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling