Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning ro'za tutmoqlari va ro'za tutmay


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet449/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   445   446   447   448   449   450   451   452   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

52-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning ro'za tutmoqlari va ro'za tutmay 
yurishlari haqida
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam 
Ramazon oyidan boshqa oylarning hammasida ham ro'za tutavermaganlar. Janob ro'za 
tutsalar, «Ollohga qasamlar bo'lsinkim, bul kishining og'izlari ochiq kun bo'lmag'aydir!» - 
deyishardi. Og'izlari ochiq bo'lgan vaqtlarda ersa, «Ollohga qasamlar bo'lsinkim, bul 
kishi ro'za tutmag'aydirlar!» - deyishardi».
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ba'zi 
oylarda hech ham ro'za tutmas erdilar, hatto biz: «Bu zot hech ham nafl ro'ze. 
tutmasalar kerak?» - deb o'ylardik. Ba'zi oylarda shunchalik ko'p ro'za tutar erdilarki
biz: «Bu zot doimo ro'za bo'lsalar kerak?»-deb o'ylardik. Ba'zan biz, kechasi Janob 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o'qimasalar kerak, deb o'ylab uylariga 
borsak, ul kishi namoz o'qiyotgan bo'lar erdilar. Ba'zan ersa, ul kishi kechasi birlan 
uxlamay namoz o'qib chiqsalar kerak, deb o'ylab borsak, uxlayotgan bo'lar erdilar».
Anas raziyallohu anhudan Nabiy sallallohu alayhi va sallamning qanday ro'za tutishlari 
to'g'risida so'rashdi. Ul kishi: «Ba'zi oylarda Janobni ro'za holda ko'rmoqni istasam, 
albatta ro'za holida ko'rar erdim. Agar og'izlari ochiq holda ko'rmoqni istasam, og'izlari 
ochiq holda ko'rar erdim. Kechalari namoz o'qiyotganlarini ko'rmoqni istaganimda ersa
namoz o'qiyotgan holda ko'rar erdim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning muborak


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
kaftlaridek yumshoq va issiq kaftni ushlamaganman. Rasulullohning bo'ylaridan 
xushbo'yroq mushkni ham, anbarni ham hidlamaganman!» - deb javob berdilar.
53-bob. Ro'zadorda mehmonning ham haqqi bor
Abdulloh ibn Amr ibn al-Os rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
mening oldimga keldilar-da, «Senda, seni ziyorat qilgani kelganlarning (mehmonlarning) 
ham, xotiningning ham haqqi bor»,- dedilar. Ul kishidan men: «Dovud payg'ambar 
nechuk ro'za tutganlar?»-deb so'radim, chunki Janob Rasululloh: «Sen Dovud 
alayhissalomning ro'zalaridan oshirib yubormag'il!»-degan erdilar. Janob Rasululloh: 
«Yarim umrlariga barobar ro'za tutganlar»,- deb javob qildilar».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   445   446   447   448   449   450   451   452   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling