Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Amallar niyat va ixlosga qarab qabul qilinishining bayoni
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 43-bob. Din nasihatdir.
42-bob. Amallar niyat va ixlosga qarab qabul qilinishining bayoni.
Har kimning niyatidagi bo'lgaydir. Imom Buhoriy aytadilar:"Bu so'zga iymon ham, tahorat ham, namoz ham, zakot ham, haj ham, muomalotmi, nikohmi,umuman barcha hukmlar kirur. Olloh taolo oyati karimasida:"Har bir kishi niyatiga va o'ziga yarasha amal qilg'aydir,degil!",-degan.Kishining savod umid etib, o'z oila a'zolariga sarflagan nafaqasi ham sadaqadir. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam:"Makka fath qilingandan keyin hijrat(ko'chish) yo'q, lekin jihod qilib yoki yaxshi niyatda ko'chish mumkindir",- deganlar". Janob Rasululloh sallolohu alayhi va sallam :"Amallar niyatga qarab qabul qilinur,kim qanday niyat qilg'aydir, shunga erishgusidir. Kimki Olloh va uning Rasuli uchun hijrat qilga ersa, Olloh va Rasul uchun ko'chganlik savobini olur. Kimki mol-dunyoga erishmoq yoki biror xotin olmoq niyatida hijrat qilgan ersa, o'sha niyatigagina erishmog'i mumkin(ammo savob bo'lmaydir)". Rasululloh sallolohu alayhi va sallam :"Agar kishi savod umid etib, o'z oila a'zolariga mol sarflag'aydir, unga sadaqa qilgan savobi yozilur",-deganlar. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam bunday deganlar : "0 11 о h yo'lida sadaqa qilsang, Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy albatta buning uchun Ollohdan ajr olursen, hatto xotiningning og'ziga solib qo'ygan bir luqma taoming uchun ham". 43-bob. Din nasihatdir. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam :"Din Olloh va uning Rasuli, musulmonlarning imomlari va barcha musulmonlar yo'lida qilinadirgan nasihatdur",-deganlar."Agar Olloh va uning Rasulini deb nasihat qilg'aylar, yaxshilik hosil bo'lg'usidir",-deyilgan oyatda. Jarir ibn Abdulloh aytadilar:"Besh vaqt namoz o'qurmen, zakot berurmen va har bir musulmonga yaxshilik qilg'aymen, deb Rasulullohga bay'at(qasam) qildim". Ziyod ibn Abdulloh aytadilar:"Mug'ira ibn Shu'ba o'lgan kuni Jarir ibn Abdulloh o'rnidab turib hamdu sano aytdi, so'ng dedi:"Ollohning yolg'iz o'zidan qo'rqing, Ollohning sherigi yo'qdir. O'lgan amiringiz o'rniga yangi amir kelguncha, og'ir, bosiq bo'ling. Marhum amiringizning ham fuqarolarining xatosini kechirmog'iniyaxshi ko'rar erdi". Keyin, Jarir so'zda davom etib dedi:"Men rasululloh huzurlariga kirib, sizga yaxshi musulmon bo'lishga bay'at(qasam) qilmoqchiman",-dedim. Rasululloh menga:"Har bir musulmonning foydasiga ish tutg'aysen",-deb shart qo'ydilar, men shunga bay'at qildim. Shu xonai Ka'ba egasiga qasamyod etib ayturmenkim, men barchangizning foydangizga ish tutg'aymen". Jarir sozining oxirida istig'for aytib, minbardan tushdi. Olloh taolo nomi zikr qilingan hamma ulug' zotlarni mag'firat aylasin!". |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling