Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Ilm o'rganuvchilar uchun ma'lum kunlarni belgilagan kishi to'g'risida


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

13-bob. Ilm o'rganuvchilar uchun ma'lum kunlarni belgilagan kishi to'g'risida.
Abdulloh ibn Mas'ud odamlarga payshanba kuni va'z aytar edilar.Bir kishi ularga 
dedi:"Ey Abdulloh, har kuni va'z aytishingizni juda ham istardim". Abdulloh 
dedilar:"Sizlarga malol kelib qolishini istamasligim kunda va'z aytishdan meni 
qaytaradir. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam bizlarga vaqti-vaqti bilan va'z 
aytganlaridek,men ham sizlarga vaqti-vaqti bilan va'z ayturmen".
14-bob. Alloh taolo kimga yaxshilikni ravo ko'rsa, uni faqih qilgay
Muoviya raziyallohu anhu xutbada turib ushbu so'zni Rasulullohdan eshitganman, deb 
aytdilar: «Alloh taolo kimga yaxshilikni ravo ko'rsa, uni faqih (din olimi) qilgay, 
qasamyod qilib aytamanki, Alloh buni menga nasib aylaydi. Islom ummati Haq dini 
yo'lida sobit bo'lsa, toki Alloh taoloning o'zi istamas ekan, ularga dushmanlik 
qilayotganlarning zarari tegmaydi».
15-bob. Ilmni fahmlash (teran tushunish)
Mujohid bunday deganlar: «Ibn Umar bilan Madinaga birga ketdim. Yo'lda u Rasululloh 
sollallohu alayhi va sallam hadislaridan bittasini aytib berdi. U bunday dedi: «Rasululloh 
yonlarida edik, xurmo yog'i keltirib qoldilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va 
sallam: «Daraxtlar orasinda bir daraxt bordir, u musulmonga o'xshaydi»,— dedilar. Men: 
«Xurmo»,— deb aytmoqchi bo'ldim-u, lekin hammadan yosh bo'lganim uchun 
indamadim. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning o'zlari: «Bu xurmo daraxtidir»,— 
deb aytdilar».
16-bob. Ilmu hikmatni orzu qilmoq
Hazrat Umar raziyallohu anhu bunday deganlar: «Boshliq bo'lmasingizdan avval ilmni 
chuqur o'rganing! Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sahobalari yoshlari 
ulg'ayganda ham ilm o'rganganlar».
Abdulloh ibn Mas'ud raziyallohu anhu rivoyat qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi va 
sallam: «Ikki narsadan o'zgasiga hasad qilmoq joiz emas, biri — kishiga Alloh taolo halol 
mol-dunyo bersa-yu, uni Haq yo'lida sarflayotgan bo'lsa, ikkinchisi :— kishiga Alloh taolo 
ilmu hikmat ato etsa-yu, u shu tufayli oliy maqomga erishib, odamlarga bilganini 
o'rgatayotgan bo'lsa»,— deganlar.

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling