Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

berishning mumkinligi
Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan Hajjat ul-Vido'da turganlarida so'radilar: 
«Shaytonga tosh otmasdan avval qurbonlikka atalgan ko'yimni so'yib qo'yibman!»


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
Rasululloh «zarari yo'q» ma'nosida qo'llari bilan ishora qildilar. Birov so'radi: «Qurbonlik 
qo'yni so'ymasdan avval soch oldiribman?» Rasululloh «zarari yo'q» deb qo'llari bilan 
ishora qildilar.
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladi: Rasululloh: «Ilm yo'qoladi, nodonlik 
kuchayadi, fitnalar sodir bo'ladi, harj ko'payadi» dedilar. «Yo Rasulalloh, xarj nima?»— 
deb so'radilar. Rasululloh «Qotillik» degan ma'noda qo'llarini bo'g'izlari ustidan 
yurgizdilar.
Asmo (Abu Bakr qizi) bunday deganlar: «Oisha singlimnikiga bordim. Namoz o'qiyotgan 
ekan. Odamlarga nima bo'ldi, desam, osmonga ishora qildi (odamlar kun tutilganda 
namoz o'qishayotgan ekan). «Bu (qiyomat) belgisimi?»—dedim. «На»,— deb boshini 
qimirlatib qo'ydi. Men ham ko'zim tinib ketguncha namoz o'qidim, so'ng (o'zimga 
kelishim uchun) boshimga suv quya boshladim. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam 
hamdu sano aytib dedilar: «Birorta ko'rmagan narsam qolmadi, illo mana shu tik turgan 
joyimda hamma narsani, hatto jannat va do'zaxni ham ko'rdim. Menga: «Sizlar 
qabrlaringizda Dajjol fitnasidek yoki shunga o'xshash bir sinovdan o'tasizlar»,— degan 
vahiy keldi. Sinov vaqtida: «Bu kishini taniysanmi?» — deb so'raladi. So'roq qilinayotgan 
odam chin iymonli bo'lsa, «Bu kishi Muhammad sollallohu alayhi va sallam, bizga 
Allohning hidoyatini olib kelgandir, mo''jizalar ko'rsatgandir, biz qabul qilganmiz»,— 
deydi va yana uch marta «Muhammad alayhissalomdir»,— deb qaytaradi. «Qilgan 
yaxshiliklaring rohatini ko'rib uxlayver, biz chin iymonli ekaningni bildik»,— deyiladi. 
Ammo so'roq berguvchi munofiq bo'lsa, «Bilmayman, odamlardan nimadir eshituvdim
shuni aytdim-da (ya'ni, bu kishi payg'ambar, deb aniq ayta olmaydi)»,— deydi».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling