Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Va'z aytayotgan va ilm o'rganayotgan kishining yoqtirmagan narsani


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

29-bob. Va'z aytayotgan va ilm o'rganayotgan kishining yoqtirmagan narsani 
payqaganda g'azablanishi joiz ekanligi haqida
Abu Mas'ud (Ansoriy) raziyallohu anhu aytdilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va 
sallamga bir kishi: Yo Rasulalloh, falonchi namozni cho'zib yuborganidan namozimni 
buzib qo'yishimga oz qoladi»,— dedi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning va'z 
aytayotganlaridagi shu kungidan ko'ra g'azabliroq holatlarini ko'rmaganman. O'shanda 
dedilar: «Ey odamlar, ba'zi biringiz xalqni bezdirmoqdasizlar (qochirib 
yubormoqdasizlar), endi kimki odamlarga imom bo'lib (namoz) o'qiydigan bo'lsa, yengil 
qilib o'qisin, chunki ular ichida kasal, zaif va hojatli kishilar bordir».
Zayd ibn Xolid al-Juhaniy raziyallohu anhu aytdilar: Rasululloh sollallohu alayhi va 
sallamdan bir kishi topib olingan narsa to'g'rida so'radi. Rasululloh sollallohu alayhi va 
sallam dedilar: «Biryilgacha pul topib olganingni e'lon qilasan. Egasi kelsa, berasan.
Agar kelmasa, o'zing foydalansver». U kishi aytdi: «Yo'qolgan tuyani-chi?» Janob 
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunchalik g'azablandilarki, hatto yuzlari qizarib 
ketdi: «Tuyaga tegma, u suvsiz ham uzoq yura oladi, oyog'i bor, suvini topib ichgadi
o'tini topib yeydi, egasi uni topib olguncha tegma!» Boyagi kishi dedi: «Yo'qolgan qo'yni- 
chi?» Rasululloh dedilar: «U seniki yoki birodaringniki va yohud bo'rinikidir».
Abu Muso raziyallohu anhu dedilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan yomon 
ko'rgan narsalari to'g'risida ezmalanib so'radilar. Savol ko'payib ketgach, g'azablari keldi 
va dedilar: «Og'zingizga kelgan narsani so'rayveringlar!» Bir kishi dedi: «Mening otam 
kim, yo Rasulalloh?» «Otang — Huzofadir»,— dedilar. Ikkinchi bir kishi turib so'radi: 
«Mening otam-chi?» «Otang — Salim, ozod quI», — dedilar. Hazrat Umar raziyallohu 
anhu Rasulullohning yuzlaridagi g'azabni ko'rgach: «Biz Alloh azza va jallaga tavba 
qilamiz (sizni xafa qilib qo'yganimiz uchun)»,— dedilar».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling