Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Ayollarga ilm o'rgatmoq uchun alohida kun tayinlasa bo'ladimi?
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 37-bob. Eshitganini yaxshilab bilib olmoq uchun qaytadan sorashning joizligi
- 38 bob. Hadis eshitganlar eshitmaganlarga yetkazishi lozimligi
36-bob. Ayollarga ilm o'rgatmoq uchun alohida kun tayinlasa bo'ladimi?
Abu Said Xudriydan rivoyat qilinadi: «Ayollar Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga: «Erkaklar sizdan har kuni ilm o'rganishadi, bizga ham bir kun ajrating»,— deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bir kunni tayinlab, o'sha kun kelgach, ularga va'z- nasihat aytdilar, ba'zi diniy ishlarni buyurdilar: «Ey xotinlar, orangizda uchta bolasi o'lgan birorta ham xotin bo'lmasa kerak, mobodo bo'lsa, uni o'sha bolalari parda bo'lib do'zax o'tidan asraydi»,— dedilar. Shunda bir xotin: «ikkita bo'lsa-chi?» — dedi. Rasululloh: «ikkita bo'lsa ham (parda bo'lgay)»,— dedilar (bu gap otaga ham taalluqlidir)». Shu mazmundagi hadisni Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Balog'atga yetmagan uchta farzand»,— deb rivoyat qiladilar. 37-bob. Eshitganini yaxshilab bilib olmoq uchun qaytadan so'rashning joizligi Ibn Abu Mulayka raziyallohu anhudan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning jufti halollari — Oisha onamiz Rasulullohdan bir narsani eshitsalar, yaxshi tushunib olish uchun yana qayta so'rar edilar. (Bir kuni) Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kim oxiratda hisob-kitob qilinsa, azob tortadi»,— dedilar. Shunda Oisha onamiz: «Alloh taolo oyati karimasida «Keyin hisobi yasir (engil hisob) qilgaymiz» degan emasmidi?» — dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Bu bandalarga bir eslatib qo'yishdir. Ammo kimki hisob-kitobga ro'baro' qilinsa, halokatga uchragay»,— dedilar». 38 bob. Hadis eshitganlar eshitmaganlarga yetkazishi lozimligi Sahoba Abu Shurayhdan: «Abu Shurayh Amr ibn Sa'idga, u Makkaga vakillar yuborayotganda, bunday dedi: «Gapirishga izn ber, ey Amr! Makka fath (zabt) qilingan kunning ertasiga Rasululloh aytgan so'zlarni senga aytib beray, bu so'zlarni aytayotganlarida ikki ko'zim ko'rib, ikki qulog'im eshitib, qalbim o'z ongiga jo qilgan. Rasululloh Allohga hamdu sano aytganlaridan so'ng,» dedilar: «Makkai Mukarramani Alloh taolo muqaddas qilgandir, bu yerda odamlar jinoyat (gunoh) qilgan emaslar, shu Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy boisdan Allohga va oxiratga ishongan kishining bu yerda qon to'kmog'i va daraxtlarini sindirmog'i gunohdir. Agar biror kishi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga Alloh urush qilishga izn bergan-ku?!»—desa, unga: «Alloh taolo o'zining Rasuliga izn bergan, bizga ruxsat bermagan»,— deb aytingiz! Alloh menga ham bu yerda kunduzi bir soatgina urush qilmoqqa izn berdi, keyin Makkaning kechagi hurmati o'z o'rniga qaytdi. Buni eshitganlar eshitmaganlarga yetkazingiz!» Abu Shurayxdan «O'shanda Amr senga ne dedi?»—deb so'rashdi. «Ey Abu Shurayh, men sendan yaxshi bilaman. Makka gunohkorni qutqarmaydi, qasosdan qochganni qutultirmaydi, o'g'rini ham jazodan asramaydi, deb aytdi»,— dedi. Amr, Makkada Abdulloh ibn Zubaydning Yazid xalifalig ini tan olmasdan bosh ko'targanini osiylik deb hisoblab, unga qarshi qo'shin yubormoqchi bo'ldi». Abu Bakra raziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni eslab, Rasululloh bunday deganlar dedi: «Ushbu kun va oy hurmati, bir-biringizning mol-mulkingizni talamangiz, qoningiz va obro'yingizni to'kmangiz. Gapimni eshitganlar eshitmaganlarga yetkazsinlar!» Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling