7-bob. Namoz o'qiyotgan bolani onasi chaqirib qolsa...
Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Menga Rasululloh sallallohu alayhi va sallam quyidagi
voqeani rivoyat qilib bergan erdilar»,- deydilar. «Bir bola o'z hujrasida (namoz o'qib)
turgan erdi. Shu payt onasi: «Ey Jurayj»,- deb chaqirib qoldi. Bola (onasining ovozini
eshitgach): «Ilohi, chiqayin desam, namoz o'qimog'im kerak, chiqmayin desam, onam
chaqirmoqdalar, ne qilsam erkan?» - dedi. Onasi: «Ey Jurayj»,- deb ikkinchi marta
chaqirdi. Bola yana: «Ilohi, chiqayin desam, namoz o'qimog'im kerak, chiqmayin desam,
onam chaqirmakdalar, ne qilsam erkan?» - dedi. Onasi: «Ey Jurayj»,-deb uchinchi
marta chaqirdi. Bola yana: «Ilohi, chiqayin desam, namoz o'qimog'im kerak, chiqmayin
desam, onam chaqirmakdalar, ne qilsam erkan?» -dedi. Onasi: «Ilohi, Jurayj fohisha
xotinlar yuziga nazari tushmay o'lmasin!» -deb qarg'adi.
Jurayjning hujrasiga bir cho'pon xotin kirib-chiqib yurar erdi. Bir kuni shu xotin tug'ib
qo'ydi. Xotindan: «Bolani kimdan tug'ding?»- deb so'rashdi. Xotin: «Jurayjdan» ,— dedi.
Buni eshitgan Jurayj hujrasidan chiqib kelib: «Bolani mendan tuqqanman, deyayotgan
xotin qani? » - dedi, so'ng bolaga qarab: «Ey go'dak, otang kim? »- deb so'radi. «Otam
qo'yboqar cho'pon»,- dedi chaqaloq (Jurayj namozni onasidan ham ustun qo'ygani
uchun Olloh taolo unga ana shundoq karomat ato qildi)».
8-bob. Namoz o'qiyotib sajda qilinadirgan yerni mayda toshlardan tozalab
tashlamoq
Mu'ayyiqib raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam
sajdaga bosh qo'yiladirgan yerni mayda toshlardan tozalab tashlayotgan kishiga:
«(Namoz davomida) bir marta shundoq qilmog'ing mumkin»,-dedilar».
9-bob. Sajdaga bosh qo'yiladirgan yerga kiyimini yozib qo'ymoq
Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam
birlan birga jazirama issiqda namoz o'qiyotib, yerning nihoyatda qizib ketganligidan
birortamiz ham sajdada peshonamizni yerga tekkizolmay qoldik. Shunda kiyimimizni
sajdagohga yozib qo'yib, o'shaning ustiga sajda qildik».
Do'stlaringiz bilan baham: |