Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam to'g'rilarida yolg'on gap to'qigan
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 40-bob. (Din) ilmini (kitob qilib) yozmoq
39-bob. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam to'g'rilarida yolg'on gap to'qigan
odamnivg gunohi to'g'risida Hazrat Ali raziyallohu anhu: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Mening to'g'rimda yolg'on so'z aytmangiz, kimki aytsa, do'zaxga tushsin!» deganlar»,— deb aytganlar. Abdulloh ibn Zubayr otasiga: «Siz Rasululloh sollallohu alayhi va sallam to'g'rilarida falonchi va pistonchi kabi so'zlamayapsiz»,— dedi. Zubayr: «Ammo men haqiqatan Rasulullohdan ajralmaganman, birga bo'lganman, o'zlaridan eshitganman»,— dedi. «Kimki mening to'g'rimda yolg'on so'zlasa, do'zax o'tidan o'ziga joy tayyorlayversin!» deganlar»,— dedi Abdulloh. Anas ibn Molik raziyallohu anhu: «Men sizlarga ko'p hadis aytib berardim-ku, lekin Rasululloh aytgan bir so'zlari meni shashtimdan qaytaradi, u kishi: «Kimki mening to'g'rimda yolg'on so'z to'qisa, do'zax o'tidan o'ziga joy tayyorlayversin!» deganlar»,— deb aytganlar. Salama ibn Akva' raziyallohu anhu deganlar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kim mening nomimdan aytmaganimni aytsa, do'zax o'tidan o'ziga joy tayyorlayversin!» deganlar». Abu Hurayra raziyallohu anhu deydilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Farzandlaringizga ismimni qo'yingizlar, Abulqosim deb kunyamni qo'ymangizlar! Kimki meni tushida ko'rsa, o'zimni ko'ribdi, chunki shayton mening suratimga kira olmaydi, kimki mening nomimdan yolg'on so'zlasa, do'zax o'tidan o'ziga joy tayyorlayversin!» deganlar». 40-bob. (Din) ilmini (kitob qilib) yozmoq Abu Juhayfadan: «Hazrat Ali raziyallohu anhuga aytdilar: «Sizda Allohning Kitobidan boshqa kitob bormi?» Ali: «Yo'q, faqat Allohning Kitobi, musulmon kishiga beriladigan Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy «Fahm risolasi» va mana bu sahifadagi narsa bordir»,— dedilar. Abu Juhayfa dedi: «Bu varaqdagi nima?» Ali dedilar: «Xun hukmi, asirni ozod qilmoq va kofir uchun musulmondan qasos olmoqning haromligi (to'g'risida)». Abu Hurayra raziyallohu anhudan: «Makka fath qilingan yili Xuzo'a qabilasi Bani Lays qabilasidan bir kishini o'ldirdi (johiliyat davrida qabiladoshlaridan bir kishini o'ldirishgani uchun qasos olishdi). Bu xabar Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga yetkazildi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam tuyalariga minib va'z aytdilar: «Alloh taolo Makkayu Mukarramadan o'limni bartaraf qildi (yoki fil askarlarini), Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning hamda mo''minlarning qo'lini baland aylab, ularni mag'lub etdi. Ogoh bo'lingiz! Makkada urush qilmoq va o'ldirmoq mendan avval ham biror kishiga ruxsat etilmagandir (halol bo'lmagandir) va mendan keyin ham biror kishiga ruxsat qilinmaydi (halol bo'lmaydi). Kunduzi bir soatgagina (halol bo'ldi) izn berildi, urush qilmoq va o'ldirmoq shu soatdan e'tiboran haromdir (man' etiladi). Makkaning tikani ham yulinmaydi, daraxti ham kesilmaydi, tushib qolgan (yo'qotilgan) narsasi ham olinmaydi, faqat odamlarga ma'lum qilmoq uchun olinadi. Kim o'ldirilgan bo'lsa, uning qarindoshi ikki yo'ldan birini tanlaydi,"yo xunini oladi, yo qasosini oladi». Yamanliklardan biri kelib: «Yo Rasulalloh, menga yozib bering!»—dedi. Rasululloh: «Falonchiga yozib beringiz!»—dedilar. Quraysh qabilasidan bir kishi dedi: «Yo Rasulalloh, tikanlari yulinmaydi, daraxtlari kesilmaydi dedingiz, biroq izxir (xushbo'y o'simlik) o'rilsa, mayli deng! Yo Rasulalloh, biz izxirni o'rib, uylarimizga olib boramiz va qabrlarimizga qo'yamiz». Rasululloh: «Izxir o'rilsa, mayli»,— dedilar». Abu Hurayra aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sahobalari orasida hadislarni mendan ko'ra ko'proq biladigan kishi yo'qdir. Yolg'iz Abdulloh ibn Amrgina ko'proq bilar edi, chunki u yozishni bilardi, men esa bilmas edim». Ibn Abbos bunday dedilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam (og'riq) kasallari zo'raygach: «Qog'oz keltiringiz (daftar-qalam), sizlarga biror narsa yozib beraman, keyin adashmaysizlar»,— dedilar. Hazrat Umar (yonidagi sahobalarga): «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni (og'riq) dard yengib qo'ydi, bizda Allohning Kitobi bor-ku, bizga shu kifoya qiladi»,— dedilar. Shunda sahobalar o'rtasida g'ovur-g'uvur boshlanib, gap ko'payib ketdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Meni xoli qo'yingiz (oldimdan chiqingiz), mening qoshimda janjal qilmangiz!» dedilar. Ibn Abbos tashqariga chiqib: «Bu zo'r baxtsizlikdir, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning yozib beramen, degan narsalariga to'sqinlik qilmoq — zo'r baxtsizlikdir!» — deb aytdilar. Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling