Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Ulamolarga jim turib quloq solishning ma'qulligi


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

44-bob. Ulamolarga jim turib quloq solishning ma'qulligi
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Haj-jat ul-Vido'da turganlarida Jarir ibn 
Abdullohga: «Odamlarni jim qilg'il, tinglasinlar!»— dedilar. So'ngra: «Mendan keyin bir- 
biringizni o'ldiradigan kofirlar bo'lib ketmangiz!»—deb qo'shib qo'ydilar.
45-bob. «Odamlarning eng olimi qaysi?»,— deb so'ralganda, «Olim kishini 
Alloh bilgaydir»,— deb javob qilishning ma'qulligi
Sa'id ibn Jubayr Abdulloh ibn Abbosga: «Navfal Bakoliy: «(Xizr bilan uchrashgan) Muso
— Baniy Isroil payg'ambari emas, balki boshqa Muso bo'lgan, deb da'vo qilayotir»,— 
deganda, Abdulloh ibn Abbos: «Yolg'on aytibdi, u Allohning dushmani ekan»,— dedilar.


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
Ubay ibn Ka'b Rasululloh xususlarida bunday rivoyat qilganlar: «Muso alayhissalom 
Baniy Isroil qavmiga va'z aytib turgan edilar, «Odamlarning eng olimi kim?»—deb 
so'rashdi. Muso alayhissalom: «Men hammadan olimroqman»,— dedilar. «Alloh 
biladi»,—demaganlari uchun Alloh taolo u kishiga tanbeh berib, «Ikki dengizning bir- 
biriga qo'shiladigan yerida bir bandam bor, u sendan olimroqdir»,—degan vahiy yubordi. 
«Yo rabbiy, qanday qilib u kishi bilan uchrashaman»,— dedilar. «Bir savatga baliq solib 
ol, so'ng o'sha tomonga qarab yur, agar baliqni yo'qotsang, Xizr o'sha yerda bo'ladi»,— 
deyildi. Muso alayhissalom Yusha' degan g'ulomlari bilan savatga baliq solib olib, yo'lga 
chiqdilar. Katta qoyatosh oldiga borganlarida, savatni qo'yib, uyquga ketdilar. Baliq 
savatdan chiqib, dengizga tushib, suzib ketdi. Muso alayhissalomning g'ulomlari 
taajjubda qoldi (chunki o'sha baliq o'lik edi). Kechaning qolgan qismida va kun bo'yi yo'l 
yurdilar. Ertasiga tong otgach, Muso alayhissalom yigitga: «Nonushtani keltirg'il, bu 
safarimizda mashaqqat tortdik»,—dedilar. Muso alayhissalom tayinlangan joyga yetib 
borgunga qadar boshqa mashaqqat chekmadilar. Yigit dedi: «Ko'rdingizmi, qoyatosh 
oldida dam olganimizda baliqni yodimdan chiqaribman (yo'qolibdi)». «Biz istagan narsa 
ham xuddi shu edi»,— dedilar Muso alayhissalom va g'ulomlari orqaga, qoyatosh 
tomonga yo'l olishdi. U yerga yetib kelishganda, kiyimini yopinib yotgan kishini ko'rdilar. 
Muso alayhissalom salom berdilar. Xizr: «Salom bermog'ingning o'rni emas»,— dedilar. 
Muso dedilar: «Men Musoman». Xizr dedilar: «Baniy Isroil Musosimi?» «Ha, Alloh 
bildirgan ilmingizdan menga o'rgatmog'ingiz uchun sizga ergashsam maylimi?»—dedilar 
Muso. «Menga ergashmoqqa sabringiz chidamaydi, ey Muso»—dedilar Xizr. «Alloh taolo 
sizga bir ilm o'rgatganki, uni men bilmasman. Menga bir ilm o'rgatganki, uni siz 
bilmassiz. Inshoalloh, men sabrli bo'lgayman, ko'rasiz, sizga osiylik qilmasman»,— 
dedilar Muso alayhissalom. So'ng daryo sohili bo'ylab yurib ketishdi. Kemalari yo'q edi, 
bir kema o'tdi, kemadagilardan (o'zlarini) olib ketishni so'radilar. Ular Xizrni tanib, haq 
olmasdan olib ketdilar. Kema chetiga bir chumchuq kelib qo'ndi, bir-ikki cho'qib, suv 
ichdi. Xizr Musoga dedilar: «Sen bilan men bilgan ilm chumchuq dengizdagi suvni 
cho'qilab ozaytirolmagani kabi, Alloh ilmini ham hech kamaytirolmagay». Xizr kema 
taxtasidan biriga tiralib, sindirib qo'ydilar. Shunda Muso dedilar: «Haq olmasdan bizlarni 
olib ketayotganlarning kemasini teshib, odamlarni g'arq qilmoqchimisiz?» Xizr dedilar: 
«Aytmadimmi, sabr qilmassiz». Bu Muso alayhissalomning (Xizr so'zlarini) birinchi bor 
unutishlari edi. So'ng jo'nab ketishdi. Bir joyda Xizr o'ynab turgan bolalardan birining 
boshini qo'llari bilan uzib tashladilar. Muso dedilar: «Begunoh odamni nahaq 
o'ldirdingiz». Xizr dedilar: «Aytmadimmi sizga, men bilan yurmoqqa sabr qilolmassiz 
deb!» Abu Sufyon: «Xizr shunday deb ta'kidladilar, keyin jo'nab ketishdi»,— deydi. Bir 
qishloq ahli mehmon qilmoqdan bosh tortdi. Qishloqda ular yiqilayozgan bir devorni 
ko'rdilar. Xizr «tuzatib qo'yaman» degan ma'noda qo'llari bilan ishora qildilar. Devorni 
to'g'irlab qo'ydilar. Muso dedilar: «Agar xohlasangiz, shunga haq olingiz» Xizr dedilar: 
«Mana bu (so'zingiz) siz bilan mening ajralmog'imizga sababdir».
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Alloh taolo Musoni rahmat qilsin! Juda ham 
yaxshi ko'rar edik u kishini, agar sabr qilganda (juda ajoyib narsalarni ko'rar edi), 
ikkalalari o'rtasida bo'lgan ishlarni bizga hikoya qilib berishar edi»,— deb aytdilar».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling