Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Qanday sadaqa afzal ekanligi va sog'lom, xasis odamning sadaqasi


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet325/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   321   322   323   324   325   326   327   328   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

108-bob. Qanday sadaqa afzal ekanligi va sog'lom, xasis odamning sadaqasi 
haqida
Olloh taolo bunday deydir: «Ey mo''min bandalar, o'lmasingizdan burun biz sizlarga ato 
etgan rizqdan boshqalarga ham ulashingiz!» va «Ey iymon keltirgan bandalar, savdo- 
sotiq qilinmaydirgan kun kelmasidan burun biz sizlarga ato etgan rizqdan boshqalarga 
ham ulashingiz!»
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga 
bir kishi kelib: «Yo Rasululloh, qanday sadaqaning savobi ulug'roqdir?» - deb aytdi.
Janob Rasululloh: «Sen o'zing sog'lom va xasis ersang-u, kambag'al bo'lib qolmoqdan 
qo'rqib hamda boy bo'lmoqni orzu qilib sadaqa qilsang, ana shu sadaqangning savobi 
ulug'roqdir! Joning halqumingga kelmasidan burun sadaqa qilib qolg'il! Keyin,
«falonchiga buncha, pistonchiga muncha bermog'im kerak erdi»,- dersan, biroq, barcha 
mol-dunyong merosxo'rga qolib ketg'usidir»,-dedilar».
109-bob.
Oisha onamiz raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan 
xotinlaridan ayrimlari: «Qay birimiz sizga tezroq yetishg'aydirmiz?» - deb so'rashdi. 
Janob Rasululloh: «Qay biringizning qo'lingiz uzunroq bo'lsa»,- dedilar. Shunda o'zlari 
ekadirgan shakarqamish poyasidan keltirishib, bir-birlarining qo'llarini o'lchashdi, 
Savdaning qo'li boshqa xotinlarining qo'lidan uzunroq bo'lib chiqdi. Keyin, bilsak, Janob 
Rasululloh «Eng qo'li uzun»,- deganlarida, eng ko'p sadaqa qilg'uvchi ayolni nazarda 
tutgan erkanlar. Haqiqatan ham, Savda Rasulullohga tyozroq yetishdi, o'zi ham bizdan 
ko'ra, ko'proq sadaqaqilar erdi-da!»
110-bob. Oshkora sadaqa
Olloh taolo bu xususda quyidagi oyatni nozil qilgan: «O'z mol-dunyolarini kechayu- 
kunduz xufiya va oshkora sadaqa qilayotganlar...» («Ular g'am chekmag'aydirlar» gacha 
o'qingiz).


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   321   322   323   324   325   326   327   328   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling