Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
bunday bo'talog'i bo'lmasa-chi?
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 136-bob. Qoy hisobida tolanadirgan zakot
bunday bo'talog'i bo'lmasa-chi?
Abu Bakr raziyallohu anhu Anas raziyallohu anhuga Olloh taolo o'z Rasuli sallallohu alayhi va sallamga farz qilgan sadaqalar (zakotlar) haqida bunday deb yozgan erkanlar: «Zakotga besh yashar tuya bermog'i lozim bo'lgan odamning bunday tuyasi bo'lmay, to'rt yashar tuyasi bo'lsa, shu tuyasi zakotga qabul qilinib, ustiga yana (nasib etsa) ikki Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy qo'y yokim yigirma dirham oling'aydir. Ammo, zakotga to'rt yashar tuya bermog'i lozim bo'lgan odamning bunday tuyasi bo'lmay, besh yashar tuyasi bo'lsa, u holda shu tuyasi zakotga qabul qilinib, ikki qo'y yokim yigirma dirham qaytim berilg'aydir. Basharti, zakotga to'rt yashar tuya berishi kerak bo'lsa-yu, uning bunday tuyasi bo'lmay, ikki yashar urg'ochi bo'talog'i bo'lsa, unda shu bo'taloq zakotga qabul qilinib, ustiga ikki qo'y yokim yigirma dirham qo'shib oling'aydir. Kimki ikki yashar urg'ochi bo'taloq zakot qilmog'i lozim bo'lsa, o'rniga to'rt yashar tuyasini berib, zakotchidan ikki qo'y yokim yigirma dirham qaytim olur. Kimki ikki yashar urg'ochi bo'taloq zakot qilishi lozim bo'lsa- yu, unda bunday bo'taloq bo'lmasa, o'rniga bir yashar urg'ochi bo'taloq birlan birga ikki qo'y yokim yigirma dirham qo'shib berg'aydir». 136-bob. Qo'y hisobida to'lanadirgan zakot Abu Bakr raziyallohu anhu Anas raziyallohu anhuni Bahraynga jo'natganlarida, ketlaridan ushbu maktubni yo'llagan erdilar: «Bismillohir rahmonir rahiymi. Qo'yida Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o'z ummatlariga, Olloh taolo ersa, o'z Rasuliga farz deb buyurgan sadaqalarni (zakotlarni) bayon qildim. Qaysi bir musulmondan shariatga muvofiq zakot bermoqni so'rashsa, bersin; kimdan shariatga xilof ravishda ortiqcha zakot so'rashsa, bermasin. Yigirma to'rt va undan kamroq tuyaning har beshtasiga bir qo'y; yigirma beshdan to o'ttiz beshtagacha tuya uchun bitta bir yashar urg'ochi bo'taloq; o'ttiz oltidan to qirq beshtagacha bo'lsa, bitta ikki yashar urg'ochi bo'taloq; qirq oltidan to oltmishtagacha bo'lsa, bitta to'rt yashar urg'ochi bo'taloq; oltmish birdan to yetmish beshtagacha bo'lsa, bitta besh yashar tuya; yetmish oltidan to to'qsontagacha bo'lsa, ikkita ikki yashar urg'ochi tuya; agar to'qson birdan to biryuz yigirmatagacha bo'lsa, ikkita to'rt yashar urg'ochi tuya berg'aydir. Bir yuz yigirmatadan ham ko'p bo'lsa, har qirqtasiga bitta ikki yashar urg'ochi bo'taloq va har elliktasiga bitta to'rt yashar bo'taloq bermog'i lozim. Kimning to'rttadan boshqa tuyasi bo'lmasa, sadaqa vojib ermas, xohlasa berg'aydir, xohlamasa yo'q. Tuyasi beshtaga yetsa, bitta qo'y berg'aydir. Agar, podadagi qo'ylar soni qirqtadan bir yuz yigirmatagacha bo'lsa, bitta qo'y; bir yuz yigirmatadan ikki yuztagacha bo'lsa, ikkita qo'y; ikki yuzdan to uch yuztagacha bo'lsa, uchta qo'y; uch yuzdan ham ko'p bo'lsa, har yuz qo'yga bitta qo'y berg'aydir. Agar, podadagi qo'ylar soni qirqtadan bitta kam bo'lsa ham, sadaqa vojib ermas, egasi xohlasa berg'aydir, xohlamasa yo'q. Kumush pullarning har yigirma dirhamidan bir dirham berilg'aydir, agar kishining mablag'i bir yuz to'qson dirham bo'lsa, sadaqa vojib ermas». Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling