Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Masjidda ilmdan so'zlashmoq va fatvo aytmoqning joizligi


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

53-bob. Masjidda ilmdan so'zlashmoq va fatvo aytmoqning joizligi
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir kishi masjidda tik turgan 
holda: «Yo Rasulalloh, tahlilni («lo iloha illallohu» deb aytishni) qaerdan boshlab 
aytaylik?» — dedi. Rasululloh: «Madina ahli Zul-hulayfadan boshlab, Shorn (Suriya) ahli 
Juhfadan boshlab, Najd (Iroq) ahli Qarn degan joydan boshlab aytadilar»,— dedilar».
Ibn Umar: «Ayrim kishilar, Rasululloh Yaman ahli Yalamlamdan boshlab tahlil aytadi, 
deganlar, deb ta'kidlashadi. Men Rasulullohning bunday deganlarini sira eslay 
olmayman»,— der edi.
54-bob. Masala so'ragan odamga so'raganidan ko'proq javob qaytarishning 
joizligi
Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan bir 
kishi so'radi: «Ehromga kiruvchi odam (haj vaqtida) nima kiyadi?» «Ko'ylak kiymaydi, 
salla o'ramaydi, shim kiymaydi, burnus (choponga o'xshash) kiymaydi, vars va za'faron 
ila bo'yalgan kiyim ham kiymaydi (oq en mato bilan tanasini o'raydi). Agar shippak
ya'ni, oyoq oshig'idan past oyoq kiyimi topmasa, mahsini oshiqdan yuqorisini kesib 
tashlasin, toki oyoq kiyimi oshig'idan pastda bo'lsin!»—dedilar».


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
TAHORAT KITOBI 
1-bob. Olloh taoloning quidagi oyati karimasi mazmuni haqida
Olloh taolo oyati karimasida:"Ey mo'minlar, agar namozga tursangiz, yuzingizni, 
qo'lingizni(tirsakkacha) yuvib, boshingizga" mash tortingiz, oyog'ingizni to'piqqacha 
(to'pq bilan qo'shib) yuvingiz ,-deydi.
Abu ABdulloh(Imom Buhoriy) bunday deydilar:"Janob Rasululloh sallolohu alayhi 
vasallam tahoratning farzi-bir martadan yuvish ,deb tushuntirganlar, o'zlari tahorat 
olganlarida ikki va uch marta ham yuvganlar, lekin bundan oshirmaganlar. Ulamolarga 
suvni isrof qilmaslikni buyurganlar(ya'ni, uch martadan ortiq yuvishni man qilganlar)".

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling