21-bob. Musulmon kishi tezak bilan artmaydi
Abdurrahmon ibn Asvadning otasidan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam (tahorat
ushatish uchun) xoliroq joyga borganlarida menga uchta tosh topib kelishni buyurdilar.
Ikkita tosh topdim, uchinchisini topmadim, (o'rniga) bir tezakni oldim, ularni Rasululloh
sollallohu alayhi va sallamga keltirdim. Ikki toshni old ilar, tezakni tashladilar va «Bu
makruh narsadir (ba'zi bir nusxada jinlar taomidir)»,— dedilar».
22-bob. Tahoratda a'zolarni bir martadan yuvmoq
Abdulloh ibn Abbosdan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam tahorat olayotib,
a'zolarini bir martadan yuvdilar».
23-bob. Tahoratda a'zolarni ikki martadan yuvmoq
Abdulloh ibn Zohiddan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam tahorat olayotib,
a'zolarini ikki martadan yuvdilar».
24-bob. Tahoratda a'zolarni uch martadan yuvmoq
Himron Mavlo Usmondan: «Usmon raziyallohu anhu «Idishda suv keltiringiz!» — dedilar.
So'ng idishni marta egib, qo'llarini yuvdilar. Keyin o'ng qo'lni idishga tiqib, (suv olib) uch
marta og'iz chayqadilar, keyin uch marta yuzlarini yuvdilar, keyin ikki qo'llarini
tirsagigacha uch marta yuvdilar, keyin boshga mash tortdilar, keyin oyoqlarini uch
marta tovongacha yuvib, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kimki shu tahoratim
kabi tahorat olsa va ko'ngliga dunyoviy ishlarni keltirmasdan, keyin ikki rak'at namoz
o'qisa, o'tgan gunohlari mag'firat qilingay», deb aytdilar»,—dedilar».
Himron: «Usmon tahoratdan bo'shagach: «Men sizlarga bir hadis aytaman, (Qur'oni
Karimda) bir oyat bo'lmaganda edi, uni sizlarga aytmas edim, uni Rasululloh sollallohu
alayhi va sallamdan eshitganman. «Kishi yaxshilab tahorat olib, namoz o'qisa, uning u
namoz bilan bu namoz o'rtasidagi gunohlari namozni o'qib bo'lguncha kechirilgay»,
dedilar»,—deydi.
Urva ibn Zubayr: «Haligi Usmon eslatgan oyat «Alloh nozil qilgan ilmni
berkitguvchilarga...» degan oyat edi»,— deydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |