Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet429/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   425   426   427   428   429   430   431   432   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

RO'ZA KITOBI 
1-bob. Ramazonda ro'za tutmoqning farz ekanligi haqida
Bu xususda Olloh taolo bunday deydir: «Ey mo"minlar! Sizlardan avval o'tgan 
bandalarga farz qilingani yanglig', sizlarga ham ro'za tutmoq farz qiling'aydir. Shoyadki, 
sizlar taqvo qilsangizlar!»
Talha ibn Ubaydulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir badaviy sochlari to'zigan 
holda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam huzurlariga kelib dedi: «Yo Rasululloh!
Menga xabar beringiz, Olloh menga qaysi namozlarni farz qilgan?» Janob Rasululloh:
«Bir kecha-kunduzda besh vaqt namozni farz qilgan, biroq bunga qo'shimcha tarzda 
xohlaganingcha nafl (ixtyyoriy namoz) o'qimog'ing mumkin».- deb javob berdilar. 
Badaviy: «Xabar beringiz, Olloh menga qaysi ro'zani farz qilgan?»- deb so'radi. 
«Ramazon oyining ro'zasini tutmoqni, biroq bunga qo'shimcha tarzda bir oz nafl ro'za 
tutmog'ing mumkin»,- dedilar Janob Rasululloh. U yana so'radi: «Xabar beringiz, Olloh 
menga nimalar uchun zakot bermoqni farz qilgan?» Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam unga islomda zakot biriladirgan mollar qaysilar va ular qaysi miqdorga yetganda 
qanchadan va kimlarga berilishi haqida xabar berdilar. Badaviy: «Sizni mukarram qilgan 
xudo haqqi-hurmati, qasam ichib ayturmenkim, Olloh menga farz qilgan amali solihlarni 
ko'paytirmasman ham, kamaytirmasman ham»,- dedi. «Agar bul kishi qavlida 
mustahkam bo'lsa, najot topg'usidir (yokim «jannatga kirgaydir» ,— dedilar shekilli)» ,— 
dedilar Janob Rasululloh».
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu aytadirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
Muharram oyining o'ninchi kuni ro'za tutar erdilar va boshqalarni ham shul kuni ro'za 
tutmoqqa buyurar erdilar. Ramazon oyining ro'zasi farz qilingandan so'ng, Muharram 
oyida tutadirgan ro'zani tark etdilar».
Abdulloh ibn Umarning o'zlari ham Ramazonda ro'za tutmoq farz qilingandan keyin 
Muharram oyida ro'za tutmoqni tark etdilar. Ammo, nafl ro'za Muharramning o'shgachi 
kuniga to'g'ri kelsa, tutar erdilar.
Oisha raziyallohu anho aytadirlar: «Johiliya davrida (ya'ni, islomdan avval) Quraysh 
qavmi Muharramning o'ninchi kuni ro'za tutar erdi. So'ng (ya'ni, islom dini barpo 
bo'lgandan so'ng), Janob Rasululloh Ramazonda ro'za tutmoqni buyurib: «Xohlagan kishi 
Muharram oyining o'ninchi kuni ro'za tutsin, xohlamagan kishi tutmasin»,- dedilar».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   425   426   427   428   429   430   431   432   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling