Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Tahoratni va g'uslni o'ng tomondan boshlamoq


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

31-bob. Tahoratni va g'uslni o'ng tomondan boshlamoq
Ummu Atiyya raziyallohu anhodan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Ummu Atiyya 
va uning yonidagi ayollarga qizlari Zaynabning jasadini yuvishni «O'ng tomondan va 
tahoratda yuviladigan joylardan boshlangiz!» — deganlar».
Oisha raziyallohu anhodan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam har narsani o'ngdan 
boshlashni yaxshi ko'rardilar: poyabzal kiyishni ham, soch-soqol tarashni ham, tahorat 
olishni ham va boshqa barcha ishlarni ham».
32-bob. Namoz vaqti yaqinlashganda tahoratga suv so'ramoq
Oisha raziyallohu anhodan: «(Safarda) bomdod namozini o'qiydigan vaqt kelganda 
tahorat uchun suv qidirildi, topilmadi, shundan so'ng tayammum qilmoqlikka oyat nozil 
bo'ldi».
Anas ibn Molik raziyallohu anhudan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam namozi asr 
vaqti yaqinlashganda odamlardan tahorat uchun suv so'radilar. Suv keltirishgach, 
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam qo'llarini idish og'ziga qo'yib, engashtirdilar-da, 
odamlarga tahorat olmoqni buyurdilar. Anas: «Janob Rasulullohning panjalari ostidan 
suv silqib tushayotganini ko'rdim, o'sha suvdan hatto oxirgi odamgacha tahorat о I d i», — 
deydilar.
33-bob. Inson sochi yuvilgan suvning hukmi (halol yo haromligi)
Ato ibn Abu Raboh: «Sochdan arqon yoki ip qilmoqning zarari yo'q»,— der edilar. Itdan 
qolgan sarqitning (it tekkan narsaning) hukmi va itning masjiddan o'tishining hukmi: Az- 
Zuhriy: «Agar idishdagi suvga it tegsa-yu, tahorat olmoq uchun undan boshqa suv 
bo'lmasa, o'sha suv bilan tahorat olsa bo'ladi»,— deydilar. Sufyon as-Savriy: «Mana bu 
hukm Qur'oni Karimdan olingan bo'lib, Alloh taolo aytgan: «Suv topmasangiz, 
tayammum qilingiz, bu suvdir va (itning) nafasida bir (zararli) narsa bordir»,— deydilar.
Ibn Osimdan: «Ubaydaga dedim: «Bizda Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning 
sochlari bor. Uni Anas yoki u kishining uyidagilari orqali olishga muyassar bo'ldik. Menda 
Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning bir tola sochlarining borligi dunyo va undagi 
bor narsalar meniki bo'lib qolganidan ham sevinchliroqdir».
Anas raziyallohu anhudan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam (Hajjat ul-Vido'da) 
sochlarini oldirayotganlarida birinchi bo'lib sochlaridan olgan kishi Abu Talha edilar».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling