Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Ro'zador kishi esidan chiqib biror narsa yeb-ichib qo'ysa


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet439/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   435   436   437   438   439   440   441   442   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

25-bob. Ro'zador kishi esidan chiqib biror narsa yeb-ichib qo'ysa...
Ato raziyallohu anhu: «Agar bir kishi burniga suv olib (tahorat chog'ida), hammasini 
chiqarib yuborolmay, ozrog'i dimog'i orqali tomog'iga o'tib ketsa, uning zarari yo'qdir»,- 
deydilar.
Hasan Basriy: «Ro'zadorning tomog'iga pashsha kirib ketsa, zarari yo'qdir»,-deydilar.
Hasan va Mujohid: «Agar ro'za tutgan kishi ro'zaligi esida bo'lmay, o'z xotini birlan jinsiy 
aloqa qilib qo'ysa, hech zarari yo'qdir»,- deydilar.
Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Agar ro'zador odam 
esidan chiqib yebichib qo'ysa, ro'zasini davom ettirsin, chunkim uni Olloh yeb-ichiribdir», 
deganlar»,- deydilar.
26-bob. Ro'zador odam ho'l va quruq misvokni ishlatsa...
Omir ibn Rabiy'a: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning ro'zador bo'la turib, misyuk 
ishlatganlarini juda ko'p ko'rganman»,- deydilar. Abu Hurayra: «Nabiy sallallohu alayhi 
va sallam: «Agar ummatimga og'ir bo'lmog'ini o'ylamaganimda, har tahorat qilganda 
misvok ishlatmakni buyurgan bo'lar erdim»,-deb aytganlar»,- deydilar. Abu Hurayra 
Janob Rasululloh haqlarida rivoyat qilgan hadislariga o'xshash boshqa bir hadisni Jobir 
va Zayd ibn Xolid ham aytib berishgan. Imom Buxoriy: «Mazkur hadis ro'zador 
odamgagina taalluqlidir» ,— deydilar.
Oisha oiamiz: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Misvok birlan og'iz tozalamak Olloh 
taolo rizoligi uchun qilinadirgan amaldir!» - deganlar» ,— deydilar. Ato va, Qatoda: 
«Ro'za tutgan kishi tupugini yutsa, zarari yo'qdir»,-deb aytishadi.
Humron rivoyat qiladirlar: «Men Usmon raziyallohu anhuning tahorat qilganlarini 
ko'rdim. Ul kishi avval uch bor ikki qo'llariga suv quydilar, so'ng, og'iz va burun 
chayqadilar, keyin uch bor yuzlarini yuvdilar, keyin uch bor o'ng va chap qo'llarini tirsak 
birlan qo'shib yuvdilar, so'ng o'ng hamda chap oyoqlarini uch bor yuvdilar. Keyin, menga 
qarab: «Rasululloh, xuddi hozir men qilgan tahoratdek, tahorat qilib, «Kimki hozirgi 
mening tahoratimdek tahorat qilsa, keyin ikki rak'at namoz o'kib, namoz vaqtida 
namozga aloqador bo'lmagan so'zlarni so'zlamasa, shul vaqtgacha qilgan mayda 
gunohlarining hammasi kechirilg'aydir»,- deb aytganlar»,- dedilar».


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   435   436   437   438   439   440   441   442   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling