Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Agar birontangizning idishingizni it yalasa, yetti marta yuvingiz!
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 35-bob. Katta va kichik hojatdan boshqasi tahoratni sindirmaydi, deb hisoblovchilar
34-bob. Agar birontangizning idishingizni it yalasa, yetti marta yuvingiz!
Abu Hurayra raziyallohu anhudan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Agar Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy birortangizning idishingizdan it ichsa, yetti marta yuvingiz!»—deganlar». Abu Hurayra raziyallohu anhuga Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytib bergan ekanlar: «Bani Isroil qavmidan bir kishi bir itning chanqoqdan tuproq yalayotganini ko'rib, mahsisida suv olib, itga ichirdi. Alloh taolo u bandani mukofotlab, jannatga kirgizgay». Abdulloh ibn Umarning o'g'li Hamza: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam zamonlarida itlar masjidimizga kirib-chiqib yurar edi, suv bilan biror joyni yuvmas edilar»,— degan ekanlar. Adiy ibn Hotim raziyallohu anhudan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan it bilan ov qilmoqlik to'g'risida so'radi. «Agar itingni o'zing ovga olib borsang-u, o'ljani o'ldirib (tutib) bersa, yeyaverg'il, agar iting o'zicha tutib yeyayotgan bo'lsa, yemagin, zero u o'zi uchun tutgandir»,— dedilar. «O'rgatgan itimni o'ljaga yuborsam-u, o'lja ustida itim bilan boshqa itni ham ko'rsam-chi?» — dedim. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «U o'ljani yemagin, chunki sen o'z itingga tasmiya ("Bismilloh Allohu akbar") aytgansan, begona itga tasmiya aytmagansan»,— dedilar. 35-bob. Katta va kichik hojatdan boshqasi tahoratni sindirmaydi, deb hisoblovchilar Alloh taolo oyati karimasida: «Qaysi biringiz tahorat ushatsangiz (qazoi hojat qilsangiz) tahorat vojib bo'ladi»,— degan. Ato ibn Abu Raboh: «Orqasidan qurt yoki peshobidan burgaga o'xshash hashorat chiqqan kishilar qayta tahorat qiladilar»,— degan. Jobir ibn Abdulloh bunday deganlar: «Kimki namozda kulsa, tahoratini yangilamay namozini qaytarib o'qiydi». Hasan Basriy: «Agar kishi soch oldirsa yoki tirnog'ini olsa yo mahsisini yechsa, tahorat olmoq lozim bo'lmaydi (oyog'ining o'zini yuvib oladi)»,— deganlar. Abu Hurayra raziyallohu anhu aytadilar: «Tahorat yel chiqmasa, sinmaydi». Jobir raziyallohu anhu bunday deydilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bir g'azotda qatnashdilar. Bir kishiga kamon o'qi tegdi. U kishi qon oqib turishiga qaramay, ruku', sajda qilib, namoz o'qiyverdi». Hasan Basriy aytadilar: «Musulmonlar jarohatlari bilan ham namoz o'qiyverar edilar». Tovus, Muhammad ibn Ali, Ato ibn Abu Raboh va Hijoz, Makka va Madina ahli: «Qon oqsa, tahorat sinmaydi»,—deydilar. Ibn Umar yuzidagi husnbuzarni siqdi, qon chiqdi, lekin tahoratini yangilamadi. Ibn Ubay qon tupurib, namozini o'qishda davom etaverdi. Ibn Umar va Hasan Basriy: «Qon oldirgan odam tahorat yangilamaydi, balki qon olingan joyini yuvadi, xolos»,— dedilar». Abu Hurayra raziyallohu anhudan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Masjidda namozni kutib turgan kishi, agar u hadas qilmagan esa, namozda turgan hisoblanadi»,— dedilar. Shunda bir ajamiy (arab emas) kishi: «Hadas nima?» — dedi. Abu Hurayra: «Orqadan yel chiqmog'i»,— dedilar. Ibod ibn Tamimning amakisidan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «To kishi yel ovozini eshitib, hidini sezmaguncha, namozini buzmasin!» — dedilar. Muhammad ibn Hanafiyadan: «Hazrat Ali raziyallohu anhu: «Shahvati ko'p odam edim, Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan so'rashga uyaldim, Miqdodga: «Sen so'ragin! — dedim. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Maniy (suyuq suv) kelganda, tahorat olmoq lozim bo'ladi»,— deb javob qildilar». Zayd ibn Xolid Hazrat Usmondan: «Agar kishi xotini bilan aloqa qilgan bo'lsa-yu, maniy to'kmagan bo'lsa, nima qiladi?»—deb so'radilar. Hazrat Usmon: «Namozga tahorat olgandek tahorat oladi, olatini yuvadi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan ham shunday deb eshitganman. Ali, Zubayr, Talha va Ali ibn Ka'bdan so'raganimda ham shunday deyishgan»,— deb aytdilar». Abu Sa'id Xudriy raziyallohu anhudan: «Rasulullox sollallohu alayhi va sallam ansoriylardan biriga odam yubordilar. Ansoriy sochidan suv tomib keldi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Biz sizni shoshirib qo'yibmiz-da (jimo' qilib ulgurmabsiz)?!» —dedilar. Ansoriy: «Ha, Yo Rasululloh»,— dedi. «Agar shoshib qolsangiz (oxiriga yetmasangiz) yoki maniy to'kmasangiz, tahorat olsangiz, basdir»,— dedilar». Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling