Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Ramazon kuklari kunduzi xotinga yaqinlik qilib qo'ysa-yu, buning


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet441/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   437   438   439   440   441   442   443   444   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

29-bob. Ramazon kuklari kunduzi xotinga yaqinlik qilib qo'ysa-yu, buning 
kafforati uchun beradirgan hech narsasi bo'lmasa....
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Biz Nabiy sallallohu alayhi va sallam 
birlan birga o'tirgan erdik. Shu payt, bir kishi kelib: «Yo Rasululloh, men halok bo'ldim!»
- dedi. Janob Rasululloh: «Senga ne bo'ldi?» -dedilar. Boyagi kishi: «Ro'za holimda 
kunduz kuni o'z xotinimga yaqinlik qilib qo'ydim»,- dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam: «Bir qul ozod qilmoqqa qurbing yetg'aydirmi?» - deb so'radilar. O': «Yo'q, 
qurbim yetmag'aydir»,- dedi. Janob Rasululloh: «Ikki oy ketma-ket ro'za tuta 
olurmisen?»-dedilar. U: «Yo'q»,-dedi. Janob Rasululloh: «Bo'lmasa, oltmish kishiga 
taom bera olurmisen?»-dedilar. U: «Yo'q»,- dedi-da, jim qoldi. Shu asnoda Nabiy 
sallallohu alayhi va sallamga bir katta savatda to'la xurmo keltirib qolishdi. Shunda, 
Janob Rasululloh: «Boyagi odam qani?» - deb so'radilar. U: «Shu yerdaman»,- dedi. 
Janob Rasululloh: «Mana bu xurmoni olib, kambag'allarga ehson qilg'il»,- dedilar. U: «Yo 
Rasululloh, Ollohga qasam ichib ayturmenkim, Madinada mening xonadonimdan 
kambag'alroq xonadon yo'q»,- dedi. Janob Rasululloh tabassum qildilar, hatto muborak 
og'izlaridagi tishlari ham ko'rinib ketdi: «Undoq bo'lsa, xurmoni olib borib, oilangga 
yedirg'il»,- dedilar».


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
30-bob. Ramazon kuni xotiniga yaqinlik qilib qo'ygan kishi, oilasi muhtoj 
bo'lsa, beradigan kafforatini oilasiga yediradimi?
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam 
huzurlariga bir kishi kelib, Ramazonda o'z ahliyasi birlan jinsiy aloqa qilib qo'yganini 
aytdi. Janob Rasululloh: «Qilgan gunohing evaziga qul ozod qilmoqqa qodirmisen?»-deb 
so'radilar. U kishi: «Yo'q»,- dedi. Janob Rasululloh: «Ikki oy ketma-ket ro'za tutmoqqa 
qodirmisen?» - deb so'radilar. U yana: «Yo'q»,-deb javob berdi. Janob so'radilar: 
«Oltmish kishiga taom bermoqqa qodirmisen?» U kishi: «Yo'q»,- dedi. Shu payt, Nabiy 
sallallohu alayhi va sallamga bir savat xurmo hadya qilindi. Janob: «Bu xurmoni o'z 
nomingdan muhtojlarga yedirg'il!» -dedilar. U kishi: «Yo Rasululloh, Madina shahrida 
mening oilamdan ham muhtojroq oila bormi?» - dedi. «Undoq bo'lsa, buni o'z oilangga 
yedirg'il!» - dedilar Rasululloh».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   437   438   439   440   441   442   443   444   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling