Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Agar kishi Ramazonda bir necha kun ro'za tutib, so'ng safarga chiqsa


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet443/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   439   440   441   442   443   444   445   446   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

33-bob. Agar kishi Ramazonda bir necha kun ro'za tutib, so'ng safarga chiqsa...
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
Ramazonda Makkaga safar qildilar. Shunda, Kadid degan joyga kelguncha ro'za tutdilar, 
undan so'ng ro'za tutmadilar. Buni ko'rgan odamlar ham ro'za tutmay qo'yishdi».
34-bob.
Abuddardo' raziyallohu anhu rivoyatqiladirlar: «Odamlar qo'llarini boshlariga soyabon 
qiladirgan darajada havo isib ketadigan paytlarda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
birlan birga safarga chiqar erdik. Bunday safarlarda Janob Rasululloh va Ibn Ruvohadan 
boshqa hech kim ro'za tutmas erdi».
35-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning «Jazirama issiqda safarga 
chiqqan odamning ro'za tutmog'i yaxshi ermas» deganlari haqida
Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam safar chog'ida bir to'da kishilarning kimnidir Quyoshdan pana qilmoqqa 
urinishayotganini ko'rib: «Ne qilmoqdasizlar?» - dedilar. Shunda, ular boyagi kishining 
ro'zador ekanligini aytishdi. Janob Rasululloh: «Safarda ro'za tutmoq yaxshi ermas»,- 
dedilar».
36-bob. Nabiy sallallohu alayqi va sallamning sahobalari bir-birlariga ro'za 
xususida ta'na qilishmas erdi
Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam 
birlan birga safarda erdik. Ayrimlarimiz ro'za tutgan va ayrimlarimiz ro'za tutmagan 
erdik. Shunda, ro'za tutmagan kishiga «Nega tutmag'aysan?», deb yoki tutgan kishiga 
«Nega safarda ro'za tutg'aysan?», deb ta'na qilmas erdik».
37-bob. Safarda ro'za tutgan kishining «Odamlar mendan ibrat olsin», deb 
oshkora og'iz ochganligi haqida
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
Ramazon oyida Makkaga qarab safarga chiqdilar. Asfon degan yerga yetguncha necha 
kun ketgan bo'lsa, shuncha kun ro'za tutdilar. O'sha yerga yetgandan so'ng, Janob 
Rasulo'lloh suv keltirmakni buyurdilar. Suv keltirishgach, odamlar ko'rsin, deb ataylab 
baland ko'tarib ichdilar. Keyin, Makkaga yetguncha ro'za tutmadilar. Bu voqea 
Ramazonda bo'lgandi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam safarda ko'pincha ro'za 
tutardilar va ba'zan tutmay ham yurardilar. Shuning uchun bu galgi safarimizda 
xohlagan ro'za tutdi, xohlamagan tutmadi».


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
38-bob.
Ibn Umar va Salama ibn al-Akva': «Olloh taoloning «Ro'za tutmoqqa qurbi yetadirgan 
kishilar ro'za tutmasalar, bir kunlik ro'za evaziga bir miskin to'yadirgan taom bersinlar!» 
degan oyatini uning keyingi - «Kimki Ramazon oyi kelgach, ro'za tutmoqqa qodir bo'lsa, 
ro'za tutsin... », degan oyati bekor qilgan»,- deyishadi. Muhammad sallallohu alayhi va 
sallamning sahobalari - Abu Laylo bunday deydilar: «Ramazon oyida ro'za tutmoq 
haqidagi oyat nozil bo'lganda biz ro'za tutmoqqa juda qiynaldik, shunda ro'za tutmoqqa 
qodir bo'lmaganlarga bir kunlik ro'za o'rniga bir miskin to'yadirgan miqdorda fidya 
(to'lov) bermakka ruxsat etildi. Keyinchalik ersa, «Ro'za tutganingiz taom 
berganingizdan afzalroqdir!» degan oyat nozil bo'lib, avvalgi oyatni bekor qildi va bizga 
ro'za tutmoq buyurildi».
Nofi' rivoyat qiladirlar: «Ibn Umar raziyallohu anhu: «Ro'za tutmaganlar har kungi 
ro'zasi uchun bir miskin to'yadirgan taom bersin!» degan oyatni o'qib, « Bu oyat bekor 
qilingan»,- dedilar».
39-bob.
Ibn Abbos: «Agar kishi bir necha kun ro'za tuta olmagan bo'lsa, Ramazon oyidan so'ng 
tutsa ham bo'lur, uzluksiz bo'lmog'i shart ermas. Chunki Olloh taolo: «Tuta olmagan 
ro'zalaringizni boshqa kunlarda tutib berg'aydirsizlar, degan»,-deydilar. Sa'id ibn 
Musayyab: «Ro'zaning qazosi Zulhijja oyining o'ninchi kunigacha tutilgani yaxshiroq, 
chunki kelgusi Ramazon oyigacha tutilmay qolib ketsa, yaxshi ermas»,- deydilar. 
Ibrohim: «Kishi Ramazon oyida beparvo bo'lib, ro'za tutmasa, keyingi Ramazon oyi 
kelganda har ikkalasini bir qilib tutishi kerak bo'ladi, qazo bo'lgan ro'za uchun fidya 
bermoq yaxshi ermas»,- deydilar. Abu Hurayra va Ibn Abbos: «Ramazon oyi kelganda 
kimki ro'za tutolmay qolsa, qazo bo'lgan ro'zasi evaziga bir miskin (kambag'al, bechora) 
to'ygudek taom bermog'i kerak»,- deganlar. Imom Buxoriy ersa: «Olloh taolo qazo 
qilingan ro'zalar o'rniga taom bermoqni ermas; balkim ro'za tutib bermoqni amr 
qilgan»,- deydilar.
Abu Salama rivoyat qiladirlar: «Oisha raziyallohu anho: «Ramazonda tuta olmagan 
ro'zalarimning qazosini to Sha'bon oyi kelmaguncha tuta olmas erdim»,-dedilar. 
Chunkim, Janob Rasululloh ham Sha'bon oyida ro'za tutar erkanlar. Yahyo: «Ul kishining 
Sha'bon oyigacha ro'za tuta olmasliklariga sabab Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
birlan mashg'ul erkanliklaridadir»,- deydilar».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   439   440   441   442   443   444   445   446   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling